00:53 / 17.10.2023
293

Misr U23 ustozi: "Biz O‘zbekiston terma jamoasining Olimpiadaga chiqishiga ishonamiz"

Misr U23 ustozi: "Biz O‘zbekiston terma jamoasining Olimpiadaga chiqishiga ishonamiz"

O‘zbekiston U23 hamda Misr U23 o‘rtasidagi o‘rtoqlik bahsidan (1:2) so‘ng misrliklar ustozi Rojerio Mikale matbuot anjumanida ishtirok etdi.

Rojerio Mikale: "Bugungi bahs kurashlarga boy bo‘ldi. Jamoam o‘yinidan mamnunman. Raqib yaxshi harakat qildi. Biroq Misr g‘alaba uchun ko‘proq harakat qildi."

Bilol Mazher: "Murabbiy hammasini aytib o‘tdi, bizda yaxshi imkoniyatlar bo‘ldi. Raqibimizda ham vaziyatlar yuzaga keldi, ammo imkoniyatlardan biz ko‘proq foydalana oldik. Qizil kartochka o‘yinga ta’sir qildi. Shundan so‘ng yanada yaxshi o‘ynab, o‘zimiz uchun kerak bo‘lgan natijani qo‘lga kiritdik".

- O‘zbekiston U23 terma jamoasining kuchli va kuchsiz tomonlarini aytib bera olasizmi?

- O‘zbekiston tezkor jamoa, qarshi hujumda yaxshi harakat qiladi, bahsni nazorat qilib o‘ynaydi. Futbolchilarning jismoniy holati yaxshi. Har bir jamoada kamchiliklar bor, ammo ular haqida gapirmoqchi emasman. Yaxshi o‘yin namoyish qildik deb o‘ylayman.

- Ushbu bahsda ishlagan hakamga ikki jamoa ustozlari ham e’tiroz bildirishdi. Unga besh ballik tizimda necha baho bergan bo‘lardingiz?

- Hakamlik haqida gapirishni yomon ko‘raman. To‘g‘ri, O‘zbekiston olgan qizil kartochka ularning o‘yiniga ta’sir qildi. Ammo hakamlar ham odam, ular ham xato qiladi.

- O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi bilan Olimpiadada to‘qnash kelishni xohlagan bo‘larmidingiz?

- Shunday bo‘lishiga umid qilaman. Biz O‘zbekiston terma jamoasiga ishonamiz.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Misr U23 ustozi: "Biz O‘zbekiston terma jamoasining Olimpiadaga chiqishiga ishonamiz"