Katanes: “O‘zbekiston terma jamoasi 90 daqiqa davomida hujum qildi, raqibimiz esa yaxshi himoyalandi”
O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Srechko Katanes Xitoyga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvidan keyin matbuot anjumanida ishtirok etdi.
- Birinchi navbatda o‘yin shiddatli kechdi. Biz bugun g‘alaba loyiq o‘yin ko‘rsatdik. O‘zbekiston terma jamoasi 90 daqiqa davomida bugun hujum qildi, raqibimiz esa yaxshi himoyalandi. Birinchi bo‘limdan unchalik ham ko‘nglim to‘lmadi. O‘yinchilarimiz to‘p bilan juda sekin ishlashdi va buning natijasida xatolar yetarli bo‘ldi. Ikkinchi bo‘limda biz boshqacha o‘yin ko‘rsatdik, xatolarimizni to‘g‘riladik. Bahsda yaxshi harakat qildik va gollar urdik. Bu g‘alaba bilan futbolchilarni tabriklayman.
- Kechagi uchrashuvda maydon maysasi yomonligi haqida fikr bildirgandingiz. Bugun shu maydonga moslab taktika tanladingizmi?
— Yo‘q, taktikani maydonga umuman ahamiyati yo‘q. Bugun ham shuni aytishim mumkinki, bugungi maydon jarohat olish uchun juda xavfli edi. Men uchun eng asosiysi futbolchilarimni jarohat olmasligi.
“Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring