Rossiya premer ligasi 12-turidan o‘rin olgan "Rubin" - SSKA bahi bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv tomonlarning 0:0 hisobidagi durang natijasi bilan yakunlandi.
Abbos Fayzullayev mehmonlar tarkibida asosiy tarkibda o‘yinni boshladi. U o‘yinda dastlab darvoza ustunini nishonga olgandi. Keyinchalik legionerimiz hatto gol ham urdi. Biroq Fayzullayevga pas bergan sherigi ofsaydda qolib ketgani bois uning goli inobatga olinmadi.
Bellashuv yakuniga yetgach, "Match Premer" ekspertlari Abbosga uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi uchun atalgan sovrinni taqdim etishdi.
Eslatib o‘tamiz, hamyurtimiz bundan oldin ham bir necha bor o‘yinlarda eng yaxshi, deya topilayotgandi. Sentyabrda futbolchi SSKAning eng yaxshi o‘yinchisi bo‘lgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar