date
views 114

Vesko Steshevich: "Metallurg" eng yomon o‘yinini o‘tkazdi"

Vesko Steshevich: "Metallurg" eng yomon o‘yinini o‘tkazdi"

Superliga 23-turi doirasida "Nasaf" maydonidagi mag‘lubiyatdan so‘ng "Metallurg" bosh murabbiyi Vesko Steshevich fikrlarini bildirdi.

  • Ilk navbatda "Nasaf"ni g‘alaba bilan tabriklayman, ular bunga loyiq edi. Bugun biz har tomonlama mag‘lub bo‘ldik. Bu ushbu mavsumdagi eng yomon o‘yinimiz bo‘lsa kerak. Bahsni juda yomon boshladik. Ammo o‘yin davomida asta-sekinlik bilan o‘zgartirishlar kiritishga intildik, biroq bu amalga oshmadi. Albatta, bahona qilmoqchi emasman, biroq Shoyqulovning yo‘qligi ta’sirini o‘tkazdi. Shuningdek, O‘rinboyev maydonni tark etgani ham bizga katta ta’sir qildi.
  • Ushbu futbolchilar biz uchun juda muhim. Lekin jamoa bir yoki ikki futbolchiga bog‘lanib qolishi - juda yomon. Ayrim futbolchilar o‘zlarini ko‘rsatish uchun harakat qilgan bo‘lishlari mumkin, biroq umuman olganda biz juda-juda yomon o‘ynadik. Chunki ko‘plab futbolchilar o‘zlarining darajasidan pastroq harakat qilishdi. Shu sababli "Nasaf"ning g‘alabasini adolatli deb hisoblayman va ular yanada yirikroq hisobda g‘alaba qilishlari mumkin bo‘lgandi deb o‘ylayman.

- O‘rinboyevning jarohati jiddiy emasmi?

- Ertaga uni tibbiy tekshiruvlardan o‘tkazamiz. Umid qilamanki, jarohat jiddiy emas. Albatta, biroz qo‘rqinchli holat, lekin barchasi yaxshi bo‘lishiga ishonamiz.

- "Metallurg" oldingilariga qaraganda kuchsizroq o‘ynadi.

- Aytganimdek, ayrim futbolchilarimning yo‘qligi, O‘rinboyevning jarohat olishi ta’sir qildi. Ba’zi futbolchilarning bugungi o‘yinlari umuman yoqmadi. Barchasini taxlil qilib chiqamiz.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Vesko Steshevich: "Metallurg" eng yomon o‘yinini o‘tkazdi"