09:00 / 03.11.2023
491

Maran: Shomurodovni Italiyada men kashf qilganman, hali Eldor jamoaga katta foyda keltiradi

Maran: Shomurodovni Italiyada men kashf qilganman, hali Eldor jamoaga katta foyda keltiradi

Bosh murabbiy sifatida “Kalyari” va “Jenoa” klublarida ishlagan italiyalik mutaxassis Rolando Maran jurnalistlarga bergan intervyusida Eldor Shomurodov haqida ham gapirib o‘tdi. Quyida tajribali mutaxassis fikrlarini keltirib o‘tamiz.

“Kalyari” haqida

Hayotimning unutilmas voqealari  “Kalyari”da o‘tgan va bu meni klubga mustahkam rishtalar bilan bog‘lab qo‘yadi. “Kalyari” 0:3 hisobidagi mahlubiyatni g‘alabaga aylantirganidagi hissiyotni alohida ta’riflash kerak. Men Klaudio Raneri va futbolchilar yuzida bunday g‘alabadan mamnunlikni ko‘rdim. Bu kabi g‘alabalar qalbni quvonchga to‘ldiradi.

Pavoletti haqida

Leonardo A Seriyaga yo‘llanma bergan muhim uchrashuvda “Bari” darvozasiga gol urganidan keyin u bilan yozishgan edik. Lekin bu gal “Frozinone” darvozasiga ikkita to‘p kiritganida u bilan xabarlashmadim, lekin xursand bo‘ldim. Pavolettining xarakteri bor, u hech qachon taslim bo‘lmaydi va buni doim isbotlab kelgan. U jamoaviy o‘yinchi, o‘zi kam o‘ynasa ham ko‘p foyda keltira oladi. Ko‘pinchi eng muhim gollarni uradi.

Marko Rog haqida

Rog muhim o‘yinchi bo‘la oladi. Buni birga ishlaganim uchun bilaman. U boshqa klublarda o‘yin amaliyotisiz qolib ketganida “Kalyari”ga o‘tsa, undan foydalanishimni aytganman. Unda jamoaga foyda keltira oladigan sifatlar ko‘p. Rog jarohat olganidan keyin “Kalyari” uchun katta yo‘qotish bo‘ldi. Tezroq maydonga qaytishiga umid qilamiz.

Alessandro Deyola haqida

Deyola o‘yin amaliyotiga ega bo‘lish uchun bir marta jamoadan ketdi va keyin qaytib keldi. U jamoaviy o‘yinchi, o‘sishi uchun salohiyati yetarli. Hozir ancha yaxshi tomongan o‘zgargan. Eng muhimi, u sardiniyalik va futbolga qattiq bog‘lanib qolgan.

Eldor Shomurodov haqida

Eldor Shomurodov ilk marotaba Italiyaga kelgan davrda mening qo‘l ostimda o‘ynagan. Men uni “Jenoa”da asosiy hujumchi sifatida tanlagan edim. O‘shanda Eldor biz bilan chempionatni a’lo darajada o‘tkazdi.

“Kalyari”ga kelganidan keyin boshida ishlari yurishmagani meni hayron qoldirdi.

Men undan biz birga ishlagan davrdagi o‘yinlarni kutib qolaman. Kuni kecha bo‘lgan uchrashuvda o‘sha o‘yinining bir qismini namoyish qila oldi. Shomurodov hali jamoaga katta foyda keltiradi.

Klaudio Raneri haqida

Ranerining “Kalyari”ga qaytgani men uchun o‘rnak bo‘ldi. Kelishi bilan vaziyatni o‘z nazoratiga oldi, futbolchilarda o‘ziga bo‘lgan ishonchni uyg‘otdi va jamoani yuqori divizionga olib chiqishni uddaladi.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Maran: Shomurodovni Italiyada men kashf qilganman, hali Eldor jamoaga katta foyda keltiradi