"Trabzonspor" Shomurodovni ko‘zlamoqda: Turkiyada eng xavfli hujum chizig‘i shakllanadimi?

1 daqiqa o'qish210
"Trabzonspor" Shomurodovni ko‘zlamoqda: Turkiyada eng xavfli hujum chizig‘i shakllanadimi?
QisqachaAI yordamida tayyorlanganKo‘rsatish
  • Turkiyaning "Trabzonspor" klubi yangi mavsumda hujum chizig‘ini kuchaytirish maqsadida "Istanbul Bashakshehir" safida to'p surayotgan tajribali hujumchi Eldor Shomurodovni o'z safiga qo'shib olish imkoniyatlarini izlamoqda.
  • Trabzonliklar o‘zbekistonlik futbolchini Pol Onuachu bilan tandem tashkil etish uchun jalb qilmoqchi bo'lib, uning Turkiya Superligasidagi tajribasi va jismoniy kuchliligi jamoa uchun muhim omil sifatida qaralmoqda.

Turkiyaning nufuzli trhaber.com.tr sayti ma’lumotlariga ko‘ra, "Trabzonspor" yangi mavsumda chempionlik uchun kurashda hujum chizig‘ini jiddiy kuchaytirish niyatida. Klub so‘nggi haftalarda Belgiyaning "Standart" jamoasidan 18 yoshli markaziy hujumchi Renato Mitongoni katta mablag‘ evaziga olib keldi. Biroq rahbariyat va murabbiylar shtabi tajribali hujumchi – Eldor Shomurodovni "Istanbul Bashakshehir" safidan jalb qilish imkoniyatlarini izlamoqda.

Trabzonliklar o‘zbek futbolchisiga jiddiy qiziqish bildirmoqda. Jamoa bir vaqtning o‘zida uchta musobaqada munosib qatnashishni maqsad qilgan. Pol Onuachu bilan tandem tashkil etish rejasi, yosh Mitongoni esa kelajak uchun sarmoya sifatida qaralayotgani ta’kidlanmoqda.

Shomurodovning Turkiya Superligasidagi tajribasi, jismoniy kuchliligi va bir necha hujum pozitsiyalarida o‘ynay olishi "Trabzonspor" uchun muhim omil. Agar transfer amalga oshsa, Eldor va Onuachu dueti o‘tgan mavsumdagi 44 ta gol natijasini yanada oshirishi mumkin. Murabbiylar shtabiga yangi taktik imkoniyatlar ochiladi.

Klub moliyaviy muvozanatni ham saqlash niyatida. Qanot, yarim himoya va himoya chizig‘ini kuchaytirish bo‘yicha rejalar bor. Shomurodov transferi bo‘yicha yakuniy qaror uning transfer qiymati va jamoani tark etadigan futbolchilarga bog‘liq bo‘ladi.

Shu bilan birga, Eldorga Turkiyadan tashqari Rossiya va Saudiya Arabistoni klublaridan ham takliflar bo‘lgani qayd etilgan. Yozgi transferlar oynasi yopilguniga qadar o‘zbek forvardining faoliyatida katta o‘zgarishlar bo‘lishi ehtimoldan yiroq emas.

Eldor Shomurodovning yangi manzili qanday bo‘ladi, deb o‘ylaysiz? Fikrlaringizni izohda qoldiring va maqolani yaqinlaringizga Telegram yoki boshqa ijtimoiy tarmoqlarda ulashing!

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?