6 noyabr kuni OCHL 4-turidan o‘rin olgan "Nassaji Mazandaran" - "Navbahor" bahsi bo‘lib o‘tdi. Bellashuvda namanganliklar 1:3 hisobida zafar quchdi.
Uchrashuvda Igor Golban hisobni ochgan bo‘lsa, Oston O‘runov dubl qayd etib, jamoasining g‘alabasiga hissa qo‘shishdi.
O‘yindan so‘ng Oston instagramdagi sahifasiga Rossiyaning "Match TV" telekanali yozgan postni joylab, tez orada qaytaman, deya qisqacha izoh qoldirdi.
Bu orqali futbolchi yana legionerga aylanishi, Rossiya chempionatiga borishiga ishora qilgandek. Balki bu qishki transferlar mavsumida amalga oshishi mumkin.
Shu o‘rinda bir ma’lumotni aytib o‘tamiz, shu yili yozda Oston O‘runovga xorijdan taklif bo‘lgan. Ammo O‘runov chorlovlarga mavsumni "Navbahor"da yakunlab qo‘yishini bildirgan. Ko‘ramiz, Oston endi qanday yo‘l tutadi? Har holda u Rossiya chempionatiga yo‘l olganda ancha yosh edi. Hozir esa tajriba to‘pladi, katta o‘yinlarda ishtirok etib, jamoasini oldinga chorlay oladigan darajaga chiqdi.
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring