20:03 / 21.11.2023
278

JCH-2026 saralashi. O‘zbekiston iroda namoyish etib, Eron bilan jangovar durang o‘ynadi

JCH-2026 saralashi. O‘zbekiston iroda namoyish etib, Eron bilan jangovar durang o‘ynadi

Osiyo qit’asida 2026 yilgi jahon chempionatining saralash bosqichi doirasida O‘zbekiston - Eron uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Unda tomonlar 2:2 hisobidagi durangga imzo chekdi.

Dastlab, forslar Ramin va Taremining gollari evaziga oldinga chiqib oldi. Biroq vakillarimiz iroda namoyish etdi va O‘runov hamda Sergeyevning gollari hisobiga muvozanatni tikladi. Qayd etish lozim, Igor Sergeyev zaxiradan maydonga tushganiga ko‘p bo‘lmasdan tezkor gol urishga muvaffaq bo‘ldi. Shundan so‘ng muxlislar boshqa gol ko‘rmadi.

Ushbu natijadan so‘ng ikki jamoa hisobida ham ochkolar soni bir xil 4 taga yetdi. To‘plar farqining yaxshiligi evaziga Eron 1-o‘rinni band etib turibdi.

"E" guruhi. 2-tur

O‘zbekiston – Eron 2:2

Gol: 0:1 — 14, Ramin Rizoyan, 0:2 — 38, Mehdi Taremi, 1:2 — 52, Oston O‘runov, 2:2 — 83, Igor Sergeyev.

O‘zbekiston: 1.O‘tkir Yusupov, 3.Hojiakbar Alijonov, 4.Farruh Sayfiyev, 5.Rustam Ashurmatov (21.Igor Sergeyev, 82), 7.Otabek Shukurov, 9.Odilbek Hamrobekov, 10.Jaloliddin Masharipov (22.Abbos Fayzullayev, 62), 11.Oston O‘runov (2.Abduqodir Husanov, 89), 14.Eldor Shomurodov (s), 15.Umar Eshmurodov, 23.Husniddin Aliqulov.

Zaxira: 12.Abduvohid Ne’matov, 16.Botirali Ergashev, 6.Azizbek G‘aniyev, 8.Jamshid Iskanderov, 13.Sherzod Nasrullayev, 17.Jasur Yaxshiboyev, 18.Abdulla Abdullayev, 19.Azizbek Turg‘unboyev, 20.Hojimat Erkinov.

Eron: 1.Alirizo Beyranvand, 4.Shoja Xalilzoda, 5.Milod Muhammadiy (3.Ehson Hojisafi, 90+4), 6.Said Izzatullohi, 9.Mehdi Taremi, 13.Husayn Kanani, 14.Saman G‘oddos (18.Ali Karimi, 42), 16.Mehdi Torabi (11.Rizo Asadi, 90+4), 20.Serdar Azmun (15.Ruzbeh Cheshmi, 75), 21.Muhammad Mohebi (7.Mehrad Muhammadi, 75), 23.Ramin Rizoyan.

Zaxira: 12.Payam Niazmand, 22.Said Hussayni, 2.Sadig Muharrami, 8.Omid Ibrohimi, 10.Karim Ansorifard, 17.Javod Hussaynezad, 19.Majid Hussayni.

Ogohlantirish: Husniddin Aliqulov (3), Husayn Kanani (48), Sretsko Katanes (76), Farruh Sayfiyev (76), Ali Karimi (80)


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » JCH-2026 saralashi. O‘zbekiston iroda namoyish etib, Eron bilan jangovar durang o‘ynadi