Turkiyadagi harbiylar isyonidan keyin 94 nafar futbol hakami ishdan haydaldi

Turkiya futbol federasiyasi 94 nafar futbol hakamini mamlakatda ro‘y bergan harbiy to‘ntarishga urinishdan keyin boshlangan yalpi tozalash ishlari doirasida ishdan bo‘shatdi.
Bundan oldinroq shu sabab bilan federasiya rahbariyati to‘la tarkibda iste’foga chiqarilgandi.
Shundan so‘ng, Turkiya futbol federasiyasi davlat idoralarining tashkilot ishiga aralashishi sababli UEFA va FIFA a’zoligidan chiqarilishi mumkinligi, buning ortidan Turkiya terma jamoasi 2018 yilgi JCh uchun saralash turniridan chetda qolishi haqida xabar berilgandi.
Shu vaqtgacha Turkiyadagi turli sohalarning 80 mingdan ortiq xizmatchisi siyosiy voqealar tufayli o‘z ishidan ayrilgan.
Manba: Tribuna.uz “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing