
O‘smirlar o‘rtasida bo‘lib o‘tayotgan Jahon chempionatining yarim final uchrashuvlari start oldi. Ilk o‘yin Argentina va Germaniya terma jamoalari o‘rtasida bo‘lib o‘tdi.
Qiziqarli va shiddatli kechgan bahs asosiy vaqti 3:3 hisobida yakun topdi. Penaltilar seriyasida esa 2:4 hisobida nemislar zafar quchdi va ilk finalchi nomiga sazovor bo‘ldi.
Ikkinchi yarim final bahsida Fransiya va Mali terma jamoalari kuch sinashadi. Mazkur bellashuv g‘olibi finalda Germaniya bilan musobaqa g‘olibligi uchun kurash olib boradi. Uchrashuv birozdan so‘ng 17:00 da boshlanadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.