Rasman Islom Kenjaboyev "Qizilqum"ni tark etdi. Bu haqda futbolchining o‘zi instagram orqali ma’lum qilmoqda. Uning keyingi manzili haqida Sports.uz jurnalisti Yahyoxo‘ja Ulug‘xo‘jayev xabar berdi:
"Bugun kunduzi Islomni Qarshiga qaytayotgani xaqida ma’lumot bergan edik. Ayni damda barchasi ijobiy hal bo‘lgan. Futbolchi qarshiliklar bilan kontrakt tuzdi. Tez orada rasman e’lon qilinadi".
Ma’lumot uchun, yarim himoyachi ushbu mavsum jamoasi tarkibida 24 ta o‘yinda maydonga tushib, 8 ta gol urib, 1 ta assist amalga oshirdi. Shuningdek, 5 marta sariq kartochka bilan jazolandi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar