20:08 / 11.12.2023
90

O‘zbekistonlik dzyudochilar Yevropa chempionlar ligasida sovrindor bo‘lishdi

O‘zbekistonlik dzyudochilar Yevropa chempionlar ligasida sovrindor bo‘lishdi

Serbiyaning Belgrad shahrida dzyudo bo‘yicha klublar o‘rtasida Yevropa chempionlar ligasi bo‘lib o‘tdi.

“Ko‘hna qit’a” jamoalarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilar sovrinli o‘rinlarni egalladi.

Gretsiyaning “Aris” klubi sharafini himoya qilgan Sardor Nurillayev (-66 kg) va Murodjon Yo‘ldoshev (-73 kg) kumush medallarga sazovor bo‘ldi.

Diyora Keldiyorova (-52 kg) Turkiyaning “Galatasaray”, Shohruh Mamarasulov esa Serbiyaning “Red star” jamoasi bilan bronza medalini qo‘lga kiritdi.

Musobaqada Shahram Ahadov (-73 kg) va Alisher Yusupov (+100 kg) Ispaniyaning “Stabiya” klubi tarkibida qatnashdi. Biroq ushbu jamoa shohsupaga ko‘tarila olmadi.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » O‘zbekistonlik dzyudochilar Yevropa chempionlar ligasida sovrindor bo‘lishdi