23:38 / 11.12.2023
99

Ravshan Irmatov: "Eng quyi bo‘g‘indan boshlab, har bir jamoalarimizning kuchli va kuchsiz jihatlarini doimiy ravishda tahlil qilib borishimiz shart"

Ravshan Irmatov: "Eng quyi bo‘g‘indan boshlab, har bir jamoalarimizning kuchli va kuchsiz jihatlarini doimiy ravishda tahlil qilib borishimiz shart"

Bugun O‘FA rahbariyati terma jamoalarning murabbiylari tomonidan amalga oshirilgan ishlar hisoboti va kelgusi musobaqalarga tayyorgarlik rejalari bilan tanishdi. Yig‘ilish davomida har bir yosh toifasidagi murabbiylar o‘z ishiga zamonaviy, rejali va bugungi kun jahon futboli talablarga mos ravishda yondashishi kerakligi ta’kidlandi. Murabbiylar shtabida doimiy ravishda tahlilchilar, seleksionerlar va to‘liq tibbiy tarkib bo‘lishi talab qilindi.

"2023 yil futbolimiz uchun muvaffaqqiyatli bo‘ldi, tashkiliy ishlarimiz ko‘ngildagidek bajarilgan bo‘lsa-da, endilikda tahliliy jihatga yanada ko‘proq e’tibor berishimiz zarur. Eng quyi bo‘g‘indan boshlab, har bir jamoalarimizning kuchli va kuchsiz jihatlarini doimiy ravishda tahlil qilib borishimiz shart”, - dedi O‘FA birinchi vitse prezidenti Ravshan Irmatov.

O‘zbekiston U-17 terma jamoasining Jahon chempionatidagi ishtiroki ijobiy baholanib, har bir uchrashuv chuqur tahlil qilindi. O‘z navbatida, o‘smirlar terma jamoalariga o‘yinchilar yetishtirib berishda alohida tizim yo‘lga qo‘yish, bu borada akademiyalarning faoliyatidagi uzviy zanjirni mustahkamlash yuzasidan takliflar bildirildi. Futzal milliy terma jamoasi yangi bosh murabbiyi Xose Venansio bo‘lajak Mundialga ko‘rilayotgan tayyorgarlik borasida ma’lumot berdi.

Ma’lumki, mamlakatimiz 2024 yil mart oyida 20 yoshgacha qizlar o‘rtasidagi Osiyo kubogi, sentyabr-oktyabr oylarida esa futzal bo‘yicha Jahon chempionatiga mezbonlik qiladi. Bundan tashqari, sentyabr-oktyabr oylarida O‘zbekiston o‘smirlar va yoshlar terma jamoalari Osiyo kubogi saralash bosqichida ishtirok etadi. Ushbu turnirlarga bosqichma-bosqich munosib tayyorgarlik ko‘rish muhimligi alohida ta’kidlandi.

Yig‘ilishda, shuningdek, bolalar-o‘smirlar va ayollar futbolini rivojlantirish, seleksiya jarayonini yanada kuchaytirish, turnirlarga futbolchilarni nafaqat jismonan, balki kuchli texnik-taktik tayyorlab borish masalalari ham muhokama etildi.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Ravshan Irmatov: "Eng quyi bo‘g‘indan boshlab, har bir jamoalarimizning kuchli va kuchsiz jihatlarini doimiy ravishda tahlil qilib borishimiz shart"