O‘zbekiston terma jamoasi Qirg‘izistonni yirik hisobda mag‘lub etdi

O‘zbekiston terma jamoasi Qirg‘izistonni yirik hisobda mag‘lub etdi

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi BAAdagi o‘quv-yig‘in mashg‘ulotlari mobaynida Qirg‘iziston terma jamoasiga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida maydonga tushdi.

Srechko Katanes shogirdlari mazkur uchrashuvda 4:1 hisobida g‘alaba qozondi.

O‘zbekiston terma jamoasi safida gollarni Abbosbek Fayzullayev, Azizbek Amonov, Jaloliddin Masharipov va G‘olib G‘aybullayev mualliflik qildi.

Nazorat o‘yini

25 dekabr, dushanba

O‘zbekiston - Qirg‘iz Respublikasi 4:1

Gollar: Fayzullayev 23, Amonov 53, Masharipov 55, G‘aybullayev 80 - Duishobekov.

O‘zbekiston: O‘tkir Yusupov, Muhammadqodir Hamraliyev, Umar Eshmurodov, Rustam Ashurmatov, Odiljon Hamrobekov, Diyor Xolmatov,  Bobir Abdixoliqov, Azizbek Turg‘unboyev, Sherzod Nasrullayev, Hojimat Erkinov, Abbosbek Fayzullayev.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar