O‘zbekiston terma jamoasining sobiq sardori Odil Ahmedov nima sababdan “Anji”dan “Krasnodar”ga o‘tganini tushuntirib berdi.
“Nega SSKA yoki “Zenit”ga o‘tmagansiz? “Krasnodar” egasi Sergey Galitskiy meni ishontirdi. Bundan tashqari, Krasnodardagi ob-havo O‘zbekistonnikiga o‘xshaydi. O‘zimni uydagidek his qildim.
Albatta, men o‘zimni Chempionlar ligasida sinab ko‘rmoqchi edim, ammo Galitskiy meni “Krasnodar” tez orada ushbu turnirning doimiy ishtirokchisiga aylanishiga ishontirgandi”, — deya Ahmedovning so‘zlarini keltiradi Setanta Sports.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar