date

Song: «Messi inson emas, uni Ronaldu bilan taqqoslamanglar»

Song: «Messi inson emas, uni Ronaldu bilan taqqoslamanglar»

«Barselona» klubining sobiq himoyachisi, ayni paytda «Rubin» futbolchisi Aleks Song Kataloniya klubining hujumchisi Lionel Messi haqida gapirib berdi.

«Messi daho. U bilan Krishtianu Ronalduni taqqoslab bo‘lmaydi. Messi umuman boshqacha, u inson emas.

Bir kuni Chempionlar ligasi o‘yinida, safarda «Milan»ga yutqazdik. Milanliklar judayam xursand bo‘lib, g‘alabani nishonlashdi. Leo kiyinish xonasiga xafa va g‘azabnok holda kirib kelib: «Mayli, ularni «Kamp Nou»da mag‘lub etamiz. G‘alaba uchun bor kuchimizni sarflaymiz» - dedi.

Javob o‘yinida biz g‘alaba qozonishimizni bilardik, chunki Messi judayam g‘azablangan edi. U o‘yinni boshidayoq gol urdi va milanliklarga bugungi kun sizlarga atalmagan degan ma’noda ishora qildi. Shu bilan hammasi tugadi va biz g‘alaba qozondik.

U mag‘lub bo‘lishni hech qachon istamaydi, siz buni ko‘rsangiz edi. U har doim sovrin yutish haqida o‘ylaydi. Shuning uchun ham uni yaxshi ko‘raman» - dedi Aleks Song «Kult tura» teledasturida.

Manba: Std.uz
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Song: «Messi inson emas, uni Ronaldu bilan taqqoslamanglar»