PFL o‘zining ilk professional shartnomasini imzolagan futbolchilar ro‘yxatini muntazam e’lon qilib boradi. 2023 yilda bunday futbolchilar soni 296 nafarni tashkil etdi. Ilk professional shartnomasini imzolagan futbolchilar ro‘yxati bilan bu yerda tanishish mumkin.
Keyinchalik mazkur ro‘yxat O‘zbekiston Respublikasi Adliya Vazirligining Davlat xizmatlari departamentiga futbolchining yoshi kichraytirilishi bilan bog‘liq holat mavjud yoki yo‘q ekanligini aniqlash uchun yuboriladi.
“Yuqorida qayd etilgan 296 nafar yosh futbolchining hujjatlari o‘rganilganida ulardan 3 nafarining tug‘ilganlik haqidagi dalolatnomasi va boshqa hujjatlari o‘rtasida tug‘ilgan yili bo‘yicha yozuvlarda tafovut borligi aniqlandi. Mazkur uch futbolchining shartnomasi Superliganing ikki klubi tomonidan Liga ro‘yxatidan o‘tkazilgandi.
Liga tegishli futbol klublariga futbolchilarning hujjatlarida tug‘ilgan yili yuzasidan tafovut borligi aniqlangani, ularning xujjatlari 1 oy ichida haqiqiy tug‘ilgan yili qayd etilgan holda rasmiylashtirilishini ta’minlash to‘g‘risida rasmiy xat yubordi. Shundan so‘ng, bir nafar futbolchining yoshni kichraytirish bilan bog‘liq holati bartaraf etilib, uning haqiqiy tug‘ilgan yili bo‘yicha hujjatlari rasmiylashtirildi. Ish o‘z vaqtida qonun doirasida hal etilganidan kelib chiqib, Liga futbol klubi hamda futbolchining nomini jamoatchilik uchun oshkor etmaydi. Biroq bu kabi holatdan qolgan futbol klublari hamda hali hamon eski qarashlar bilan o‘z farzandining kelajagini so‘roq ostida qoldirayogan ota-onalar xabardor bo‘lishi uchun mazkur xabar chop etilmoqda.
Qolgan ikki nafar futbolchi tegishli futbol klubi bilan mehnat shartnomasini muddatidan oldin bekor qilgani ma’lum bo‘ldi. Natijada mazkur ikki futbolchi bilan muloqot o‘rnatilib, aniqlangan holat bo‘yicha tushuntirish berildi. Ular tomonidan mazkur kamchilik ixtiyoriy ravishda, qonunchilik hujjatlariga muvofiq bartaraf etish uchun muddat so‘raldi. Agar mazkur futbolchilar belgilangan muddatda qonunchilik hujjatlariga muvofiq o‘z hujjatlarini haqiqiy tug‘ilgan yili bo‘yicha rasmiylashtirmasa, holatga aniqlik kiritilishi, qonunbuzilish holatlariga vakolati doirasida huquqiy baho berilishini so‘rab prokuratura organlariga murojaat qilinadi”, — deyiladi PFL bayonotida.
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Gretsiyada minglab odamlar NATOga qarshi namoyish o‘tkazdi
Endi «Doimiy yashash joyiga ro‘yxatga qo‘yish» qulaylashdi (video)
Organizmda qaysi turdagi vitamin yetishmayotganini qanday aniqlash mumkin?
Eron Isroil bilan keng ko‘lamli urushga tayyorligini ma’lum qildi
Bosh kiyimsiz yurishning organizmga qanday ta’siri bor?
100 mln so‘mgacha bo‘lgan kreditlar soddalashtirilgan tartibda ajratiladi
Slovakiya bosh vaziri Putinning taklifini qabul qildi
Germaniya razvedkasi rahbari: “Rossiya yaqin yillarda NATOga hujum qilishi mumkin”