11:37 / 05.01.2024
341

“Barsa”da Yamal, bizda Fayzullayev!

“Barsa”da Yamal, bizda Fayzullayev!
Futbol – millionlar o‘yini. Yakunlangan 2023 yil futbol jamoatchiligi uchun bir necha yorqin yulduzlarni kashf qilib berdi. Yevropaning nufuzli manbalari yilning eng iste’dodli kashfiyotlari haqida ma’lumot tarqatdi.
 
Sports.uz portali o‘zbekistonlik muxlislar e’tiboriga Yevropa milliy chempionatlarida porlay boshlagan futbolchilar haqida ma’lumot beradi.
 
Evan Fergyuson (“Brayton”)
19 yoshli hujumchi o‘ziga katta futboldagi davri kelishini 2022 yildan beri kutayotgan ei. Irlandiyalik iste’dod egasi joriy mavsumda Angliya Premer-ligasida 17 ta uchrashuvda raqiblar darvozasini olti martaba ishg‘ol qildi.
 
Qisqa fursatda uning transfer summasi 65 million yevrogacha ko‘tarildi. Grand klublar Fergyuson uchun xarajat qilishga tayyor. “Liverpul” va “Manchester Yunayted” vakillari bu hujumchini olish uchun amaliy harakatlarini boshladi.
 
Loi Openda (“RB Leypsig”)
Belgiyalik futbolchi ilgari Abduqodir Husanovning jamoasi “Lans”da o‘ynagan. 23 yoshli futbolchi 2023 yilning iyulida Bundesligaga ko‘chib o‘tdi. “Leypsig” tarkibidagi dastlabki 16 ta o‘yinda Loi raqiblar darvozasini 11 marotaba ishg‘ol qilib, to‘rtta golli pas uzatdi. Chempionlar ligasida gollari hisobini ochib, raqib darvozabonlarni to‘rt bor ojiz qoldirdi.
 
Uorren Zair-Emeri (PSJ)
Uorren Zair-Emeri Parij klubining haqiqiy topilmasi. Bu futbolchi mart oyida 18 yoshga to‘lishi bilan PSJ bergan ilk professional shartnomaga imzo qo‘yadi. Joriy mavsumda Zair-Emeri Liga 1 va Chempionlar ligasida jami 14 ta o‘yinda qatnashib, uchta gol va beshta assist muallifi bo‘ldi.
 
Abbosbek Fayzullayev (SSKA Moskva)
Yil kashfiyotlari orasida o‘zbek futbolchisi ham e’tirof etilgani muxlislarimizga quvonch bag‘ishlaydi.
 
Fayzullayev avgust oyida “Paxtakor”dan SSKA ko‘chib o‘tgan edi. Qisqa fursatda “armiyachilar” yetakchisiga aylangan legionerimiz Rossiya Premer-ligasining asosiy kashfiyoti sifatida e’tirof etildi.
 
20 yoshli hujumkor futbolchimiz Xalqaro futbol tarixi va statistikasi federatsiya tomonidan yilning eng yaxshi yosh o‘yinchilari nominatsiyaga kiritilgani ham o‘zbek futbolining yutuqlari e’tirofidir.
 
Abbosbek hozircha moskvaliklar safida chempionat va kubog bahslarida 18 marotaba maydonga tushib, ikkita gol va to‘qqizta assist muallifi bo‘ldi. Ko‘pchilik Fayzullayevning yaqin kelajakda Yevropaning kuchli ligalarida ko‘rishga umid bildiryapti.
 
Kreativ o‘yin uslubi tufayli jamoasiga katta foyda keltirayotgan Fayzullayevning transferi ham bir necha barobar oshib, hozircha 4 million yevroni tashkil qilmoqda.
 
Lamin Yamal (“Barselona”)
“Barselona” qanchalar nomdor jamoa bo‘lmasin, ba’zan yosh bolalar ko‘magiga muhtoj bo‘lib qoladi. 15 yoshli Lamin Yamal ham tarkibdagi ayrim muammolar tufayli katta futbolga erta kirib keldi.
 
Kataloniyaliklar safidagi debyutini o‘tgan mavsumda “Betis”ga qarshi bahsda nishonlagan Yamal bugungi kunda asosiy tarkib o‘yinchilaridan. Laminning bugungi kundagi transfer summasi 60 million yevroni tashkil qilmoqda.
 
Yangi mavsumda u Ispaniya chempionati va Chempionlar ligasi jami 24 ta uchrashuvda qatnashib, bitta gol va to‘rtta assist muallifi bo‘ldi.
 
Seru Girassi (“Shtutgart”)
Seru Girassi yulduzli onlari kelishini juda uzoq kutdi. Yangi mavsumda “Shtutgart” safida ketma-ket gol ura boshlagan futbolchini Yevropa ham endi taniy boshladi.
 
27 yoshli hujumchi Bundesliga va Germaniya kubogida jami 16 ta uchrashuvda 19 ta gol va ikkita assist muallifi bo‘ldi. Uning narxi bir necha oy ichida to‘rt baravar ko‘tarilib, hozir 40 million yevroni tashkil qilmoqda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » “Barsa”da Yamal, bizda Fayzullayev!