
"Nasaf" matbuot xizmati jamoaga Zoran Marushichning kelib qo‘shilganini rasman ma’lum qildi. Unga ko‘ra, futbolchi Qarshi klubi bilan 1 yillik shartnoma imzolagan.
Marushich bunga qadar Gruziyaning "Dinamo Tbilisi" jamoasi sharafini himoya qilayotgandi. O‘tgan mavsumda u 34 o‘yinda maydonga tushib, 17 gol va 4 assist qayd etdi.
Bunga qadar u "Navbahor" tarkibida ham o‘ynagan va 32 uchrashuvda maydonga tushib, 12 marta gol urgan va 3ta assistni hisobiga yozdirib qo‘ygan.




Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar