
Foto: Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati
O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari Muzaffar Madrahimov Germaniya elchisi Tilo Klinner bilan muzokaralar o‘tkazdi.
TIV ma’lumotiga ko‘ra, suhbat chog‘ida O‘zbekiston va Germaniya o‘rtasidagi hamkorlikning 2023 yildagi yakunlari sarhisob qilinib, avval erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish, o‘zaro manfaatli sheriklikni yanada kengaytirish bo‘yicha ustuvor vazifalar belgilab olindi.
Savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy aloqalarni chuqurlashtirish, jumladan, GSP+»tizimi doirasida o‘zaro savdoni diversifikatsiya qilish, Germaniyaning yetakchi kompaniyalari va texnologiyalarini jalb qilgan holda O‘zbekistonda yirik qo‘shma loyihalarni amalga oshirishdan ikki tomon ham birdek manfaatdor ekanligi bildirildi.
Uchrashuvda madaniy-gumanitar, ta’lim va migratsiya sohalarida hamkorlikni kengaytirish masalalari ham muhokama qilindi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar