“MS”dan ketishi mumkin bo‘lgan futbolchilar

“Manchester Siti” jamoasi bosh murabbiyi Xosep Gvardiola bir nechta futbolchilar bilan xayrlashishni rejalashtirgan. Quyida shu o‘yinchilar xususida so‘z yuritamiz.
Samir Nasri
Nasri “Arsenal”dan xarid qilingandi. So‘nggi yillarda Samir o‘z darajasida o‘yin ko‘rsatmay qo‘ydi. Shuni hisobga olib Gvardiola u bilan xayrlashishni lozim topmoqda. Unga “Inter”, “Roma” jamoalari qiziqmoqda. Yaqin orada Nasri “shaharliklar”ni tark etishi kutilmoqda. Hozircha transfer borasida aniq mablag‘lar qiymati aytilganicha yo‘q.
Elyakim Mangala
“Portu”dan juda katta mablag‘ evaziga taklif qilingan himoyachining ham ishlari yurishmadi. Gvardiola Stounzni sotib olganidan keyin Mangala bilan xayrlashishni istab qoldi. Hozirda futbolchiga ijara asosida “Valensiya” taklif bilan chiqdi. Yaqin kunlarda uning bu klubga o‘tishi oydinlashadi. Hozircha Mangala klub bilan mashg‘ulotlarga ishtirok etayotgan bo‘lishiga qaramay, EChLga berilgan zayavkadan o‘rin olmadi.
Vilfrid Boni
“Suonsi”da porlagan Boni “Manchester Siti”da umuman o‘zini ko‘rsata olmadi. Asosan zahirada qolib ketdi. Buni qarangki, hamon u klubda o‘z joyiga emas. Shunday kelib chiqib, uni transferga qo‘yishdi. Yagona xaridor “Everton” jamoasi hisoblanadi. “Irislar” ham uni sotib olish uchun 18 million funtdan boshqa bera olmasligini ma’lum qildi. “MS” esa 20dan ko‘proqini talab qilmoqda.
Xesus Navas
Ispaniyalik tezkor vinger ham yozda Angliyani tark etishi deyarli aniq. Gvardiola o‘z rejalariga Navasni kiritmagan. Unga “Sevilya” qiziqmoqda. Sobiq jamoasiga Navas borib qo‘shilishi ham mumkin. Hozirda futbolchining agenti mazkur masala bo‘yicha muzokaralarni davom ettirmoqda. Tez orada transfer amalga oshishi ehtimoli bor. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing