00:36 / 14.01.2024
301

Igor Shtimas: "O‘zbekiston qanday kuchga ega ekanligini juda yaxshi bilaman, ammo biz o‘z o‘yinimizga e’tibor berishimiz kerak"

Igor Shtimas: "O‘zbekiston qanday kuchga ega ekanligini juda yaxshi bilaman, ammo biz o‘z o‘yinimizga e’tibor berishimiz kerak"

Osiyo kubogi "B" guruhining birinchi turidan o‘rin olgan Avstraliya - Hindiston (2:0) uchrashuvidan so‘ng, Hindiston terma jamoasi bosh murabbiyi Igor Shtimas matbuot anjumanida qatnashdi.

- Hindiston terma jamoasining bugungi ko‘rsatgan o‘yini haqida qanday fikrdasiz?

- Qiyin o‘yin bo‘ldi. Avstraliya jismonan juda kuchli jamoa. Ular bugun buni isbotlashdi. Raqib bugun o‘ng qanotdan raqib ko‘p hujum qildi. Biroq, men ko‘rsatgan o‘yinimizga ijobiy baho berdim. Birinchi bo‘limda kam bo‘lsa ham imkoniyatimiz bo‘ldi. Raqibga gol urish imkoniyatini bermadik. Balki, gol kiritganimizda hammasi boshqacha bo‘lardi. Ikkinchi bo‘limda esa umuman o‘yinimiz o‘xshamadi. Maydonning ikkinchi tarafiga o‘ta olmadik. Avstraliyalik futbolchilarning tajribasi shu vaziyatda juda ko‘p yordam berdi. Ular vaziyatni oldindan juda yaxshi o‘qishdi. Qiyin o‘yin, ammo yakunda men qoniqish hosil qildim. Boy berilgan o‘yinlarda bunday deyish biroz g‘alati, ammo rostdan ham shunday.

- Bu uchrashuvdagi aynan qaysi jihat sizda ijobiy fikrga sabab bo‘ldi?

- Bizni nima kutayotganini bilib turardik. Avstraliyaliklarning gavdasi juda katta, biz shu holatda shuncha ikkinchi qavatdagi hujumlarni qaytarganimiz katta natija, aynan shundan mamnunman. Biz o‘z darajamizni bilamiz. Lekin bugun yigitlar yaxshi harakat qilishdi.

- Birinchi taymda Hindiston yaxshi o‘yin ko‘rsatayotgandi. Ikkinchi bo‘limda yanada chuqurroq himoyalanishni boshladingiz. Yanada ko‘proq himoyalanish rejada bormidi?

- Unday demagan bo‘lardim. Kichkina vaziyatlar hammasini hal qildi. Qisqa muddat ichida turnirga tayyorlandik. To‘rtta asosiy o‘yinchimiz tarkibda yo‘q. Bu narsa o‘z so‘zini aytmay qolmaydi.

- Keyingi o‘yin guruhdagi yana bir kuchli raqib O‘zbekistonga qarshi. Bu uchrashuv Hindiston uchun yanada muhim ahamiyat kasb etadi. O‘zbekistonga qarshi o‘yin uchun qo‘shimcha rejangiz bormi?

- Bizda bu haqida o‘ylash uchun yana uch kun bor. O‘zbekistonning oxirgi beshta o‘yinini ko‘rib chiqqanman. Ular qanday kuchli jamoa ekanini yaxshi bilaman. Biroq, biz O‘zbekiston emas, o‘z o‘yinimizga e’tibor qaratishimiz kerak. Keyingi o‘yinda paslarni yaxshilash kerak. Bugun aynan shu jihat bizda oqsadi. Aynan hozir esa oyoqlarimizga dam berishimiz lozim. Shundan so‘ng, O‘zbekistonga qarshi qanday harakat qilishimizni aniqlab olamiz.

- Bugun Hindiston termasi ko‘rsatgan o‘yin taktik jihatdan seni qanchalik qoniqtirdi?

- Men yigitlarim bilan faxrlanaman. Ular men aytgan barcha narsani bajarishdi. Shunchaki, raqibimiz Avstraliya ekanligini ham unutmaslik lozim. Ular hozirda juda yosh.

- Bu Hindiston bilan oxirgi turniringizmi?

- Osiyo kubogidan so‘ng bizni Jahon chempionati saralash o‘yini kutib turibdi. Saralash bosqichi biz uchun juda muhim. Agar rahbariyat meni haydab yubormasa, o‘zim hech qayerga ketmayman.

- Avstraliya terma jamoasi kuchli ekani oldindan ma’lum edi. Keyingi o‘yin O‘zbekistonga qarshi. Bu o‘yindan nimalar kutyapsiz?

- Ha, biz bugun mag‘lub bo‘ldik, ammo bizda yig‘lab o‘tirishga vaqt yo‘q. Keyingi o‘yinga har doimgidek tayyorgarlik ko‘ramiz. Ertaga yigitlar o‘z xatolarini tahlil qilib chiqishadi. Shundan keyingina, O‘zbekistonga qarshi o‘yin haqida o‘ylashni boshlaymiz.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Igor Shtimas: "O‘zbekiston qanday kuchga ega ekanligini juda yaxshi bilaman, ammo biz o‘z o‘yinimizga e’tibor berishimiz kerak"