11:25 / 14.01.2024
306

Osiyo kubogi-2023. Suriyaga qarshi o‘yinda durang o‘ynagan O‘zbekiston 3 ochko yo‘qotdi, raqib 3 ochkoli bo‘ldi

Osiyo kubogi-2023. Suriyaga qarshi o‘yinda durang o‘ynagan O‘zbekiston 3 ochko yo‘qotdi, raqib 3 ochkoli bo‘ldi

Srechko Katanes shogirdlari FIFA reytingidagi o‘rnini saqlab turibdi. Osiyo kubogi-2023 guruh bosqichining 1-turidan o‘rin olgan O‘zbekiston — Suriya uchrashuvida hisob ochilmadi va ikki jamoa bir ochkodan qo‘lga kiritdi.

Biroq FIFA reytingida ham jamoalar teng ochko bo‘lishmadi. Mazkur uchrashuvda ikki ochko yo‘qotgan O‘zbekiston kechagi o‘yindan so‘ng FIFA reytingida 3.46 ochkodan mahrum bo‘ldi. Bir ochko qo‘lga kiritgan Suriya esa xuddi shuncha ochkoga ega chiqdi. Buning sababi, O‘zbekiston MTJ FIFA reytingida Suriyada yuqoriroqda joylashgandi.

Shunga qaramay, ikkala terma jamoa ham FIFA reytingidagi o‘rnini saqlab turibdi. O‘zbekiston 68, Suriya esa 91-pog‘onada joylashgan.

"Oq bo‘rilar" 2-turda Hindistonga qarshi uchrashuv o‘tkazadi. Srechko Katanes shogirdlari mazkur o‘yinda g‘alaba qozona olmasa, FIFA reytingida yana ochkolardan ayriladi. Jumladan, durang 4.98, mag‘lubiyat esa 22.48 ochkodan judo bo‘lishga olib kelishi mumkin.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Osiyo kubogi-2023. Suriyaga qarshi o‘yinda durang o‘ynagan O‘zbekiston 3 ochko yo‘qotdi, raqib 3 ochkoli bo‘ldi