Osiyo kubogi 3-turidan o‘rin olgan O‘zbekiston va Avstraliya terma jamoalari o‘rtasidagi o‘yindan oldin Avstraliya terma jamoasi bosh murabbiyi Grem Arnold va futbolchi Xarri Soutar matbuot anjumanida qatnashishdi.
- Ertangi uchrashuv haqidagi fikrlaringiz?
- Ertaga yaxshi uchrashuv bo‘ladi. Musobaqani ajoyib boshladik. Ikkita uchrashuv va gol o‘tkazmadik.
Xarri Soutar
- Murabbiyning gaplariga qo‘shilaman. Gol o‘tkazmaslikda davom etishga harakat qilamiz.
- Mitchell Dyukning holati haqida ma’lumot bersangiz? O‘zbekiston terma jamoasi bilan 2019 yilda ham to‘qnash kelgan edingizlar. 2019 yilgi Kuper jamoasi va hozirgi Katanes jamoasida qanday farq bor deb o‘ylaysiz?
- Mitchell Dyuk jarohatlangan. Biz 2019 yilda O‘zbekiston terma jamoasi bilan duch kelganmiz. Biz o‘shanda penaltilar seriyada raqibni mag‘lub etgandik. Ammo oradan ancha vaqt o‘tdi va jamoalar ancha o‘zgarib ketdi.
- Darvozamizdan gol o‘tkazmadik deb ta’kidlab o‘tdingiz. Sizning futboldagi falsafangiz himoyaviy o‘yinmi? Ushbu reja bilan qanchalik uzoqqa bora olamiz deb o‘ylaysiz?
- Chempionlik. Mening falsafam hujumkor futbol. Men himoyaviy o‘ynaymiz demayman. Sababi birinchi navbatda biz tartibli o‘yin namoyish etishimiz kerak. Biz to‘p bilan ko‘p muomala qilamiz. Statistikamiz buning isboti.
- O‘zbekiston terma jamoasi oldingi raqiblardan ko‘ra kuchliroq. O‘zbekistonga qarshi kechadigan uchrashuvda jamoangiz qanday qiyinchiliklarga duch kelishi mumkin?
- Ha, O‘zbekiston kuchliroq raqib. O‘zbekistonda futbolga katta investitsiya qilinmoqda. O‘zbekiston U-20 terma jamoasi yoshlar o‘rtasidagi JCHda ishtirok etishdi. U-23 terma jamoasi ham juda kuchli. O‘zbekiston davlati futbolni rivojlantirib bormoqda. Men esa faqat o‘z jamoam haqida o‘ylayman. Umumiy qilib aytsak butun Osiyoda futbol to‘xtovsiz rivojlanib bormoqda.
- Avstraliya terma jamoasi himoyaviy futbol tarafdori. O‘zbekistonga ham ikkinchi raqam bo‘lib o‘ynash qulay. Ertangi o‘yin biroz zerikarli bo‘lishini taxmin qilyapman. Sizning fikringiz qanday?
- Biz himoyaviy o‘ynaydigan jamoa emasmiz. Biz ikki oy oldin Bangladeshga qarshi o‘ynadik va 7:0 hisobida g‘alaba qozondik. Bu himoyaviy futbol emas do‘stim. Statistikaga qarang, biz raqib jarima maydonchasi ichida eng ko‘p pas o‘ynagan jamoamiz. Fikringizga mutloq qo‘shilmayman.
Xarri Soutar
- O‘zbekistonlik qaysi futbolchining o‘yinini tahlil qilib chiqding. Bizda texnik jihatdan juda kuchli futbolchilar bor.
- Ha, O‘zbekistonlik hujumchilar ancha kuchli. Biroq men o‘z ishimni qilishda davom etaman va hech qaysi o‘yinchini shaxsan tahlil qilganim yo‘q.
- Jamoangiz keyingi bosqichga chiqib ulgurdi. Ertangi uchrashuvda tarkibda katta o‘zgarishlar qilasizmi?
- Men ushbu lavozimga birinchi marotaba kelganimdan beri tarkib ancha o‘zgarib ketdi. Shubhasiz o‘zgarishlar bo‘ladi, ammo tez emas. Keyingi jahon chempionatida balki ishlarman, balki yo‘q. Biroq avlodlar almashinuvi bu tabiiy hol.
“Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring