
“Liverpul”ni to‘qqiz yildan beri muvaffaqiyatli boshqarib kelayotgan Yurgen Klopp joriy mavsum yakunlanishi bilan klubni tark etishini e’lon qildi. Germaniyalik mutaxassisning qarori jamoada katta o‘zgarishlarga olib keladi.
Bir necha manbalarning ta’kidlashicha, Klopp ortidan jamoani eng yaxshi to‘purar Muhammad Saloh, sardor Virjil van Deyk va yetakchi himoyachilardan Trent Aleksander-Arnold ham tark etishi mumkin.
Bu o‘yinchilarning liverpulliklar bilan shartnomasi 2025 yilning yozida tugaydi. Kloppga suyanib qolgan bu yetakchilar bilan hamkorlikni uzaytirish bo‘yicha muzokaralar boshlangani yo‘q. Qolaversa, Kloppning ketishi bu yulduzlarning boshqa klublarga o‘tib ketishiga turtki bo‘lishi kutilmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar