00:14 / 29.01.2024
344

Igor Sergeyev: "Ko‘pchilik Tailandni kuchsiz raqib deb o‘ylaydi, ishoning aslida bunday emas"

Igor Sergeyev: "Ko‘pchilik Tailandni kuchsiz raqib deb o‘ylaydi, ishoning aslida bunday emas"
O‘zbekiston terma jamoasi futbolchisi va "Patum Yunayted" a’zosi Igor Sergeyev Tailand futboli haqida fikrlari va jarohatdan keyingi holati bo‘yicha saytimizga intervyu berdi.

- Igor sizga sog‘liq tilaymiz. Hozirgi holatingiz qanday?
- Bu taqdir. Jarohat olish peshonamda yozilgan ekan va shunday ham bo‘ldi. Hozirgi kunda jarrohlik amaliyotiga tayyorgarlik ko‘rmoqdaman. Oyog‘im jarrohlik amaliyotiga tayyor bo‘lishi kerak. Operatsiya qachon va qayerda bo‘lishi hali noma’lum. Men operatsiyani shu yerda(Qatarda) o‘tkazmoqchiman, ammo hali hech nima aniq emas. Meni qo‘llab quvvatlayotgan va sog‘liq tilayotgan muxlislarga rahmat.

- Igor siz Tailand chempionatida faoliyat yuritmoqdasiz. Tailanddagi futbol darajasi, chempionat va milliy terma jamoa haqida nimalar deya olasiz?
- Tailand chempionati ancha raqobatdosh. Ko‘pchilik Tailand futbolini kuchsiz deb o‘ylaydi, ishoning aslida bunday emas. Men Tailandda yarim yildan buyon o‘ynamoqdaman va u yerdagi futbol darajasini past deya olmayman. Tailandda futbol rivojlanmoqda va ular to‘g‘ri yo‘nalishda. Futbolchilarning darajasi ancha yuqori, infratuzilma va tashkiliy ishlarga ham e’tiroz yo‘q. Hammasi a’lo darajada. Tailand chempionati Superligadan aniq kuchsiz emas. Men Tailand birinchiligini O‘zbekiston chempionatidan kuchli demayman, ammo ularning darajasi bizdan past emas.

Tailand terma jamoasining natijalarini o‘zingiz ko‘rdingiz. Ular biz bilan bir xil natija qayd etishdi. Ular guruh bosqichida mag‘lub bo‘lishmadi. Tailand terma jamoasi bilan to‘qnash kelishimiz ma’lum bo‘lganidan so‘ng yigitlarga hushyor bo‘lish kerakligini aytdim. Tailand terma oson raqibdek tuyulishi mumkin, biroq ular juda noqulay raqib. Tailand terma jamoasi safida hozir 5ta jamoadoshlarim bor. Ularning barchasi katta tajribaga ega. To‘g‘risini aytaman, Tailand futboli tez rivojlanmoqda.

Muallif: Abdulvosit Bektemirov[right][/right]

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Igor Sergeyev: "Ko‘pchilik Tailandni kuchsiz raqib deb o‘ylaydi, ishoning aslida bunday emas"