O‘zbekiston terma jamoasi nimchorak final bosqichida Tailandni mag‘lubiyatga uchratdi (2:1). Ko‘tarinki kayfiyatda yakunlangan uchrashuvdan so‘ng terma jamoamiz sardori Jaloliddin Masharipov fikrlarini bildirib o‘tdi.
- O‘yin haqida fikrlaringiz?
- Tailand bo‘lgani bilan oson o‘tmasligini bilar edik. Ular ham oddiy terma jamoa emas. Tailandni 1-2ta to‘p farqi bilan yutganmiz. Birinchi goldan so‘ng o‘yinni bo‘shashtirdik. Ular hisobni tenglashtirgach, biz yana tempni oshirdik va gol urdik. Ko‘rgan bo‘lsangiz, yana tashlab yubordik. Baribir ehtiyotkorlik bor edi.
- Hisob tenglashgach qandaydir hayajon yoki bosim yuzaga kelmadimi?
- O‘yinning ilk daqiqalaridan hayajon yo‘q edi. Kecha kechga yaqin tana haroratim ko‘tarildi. Otabek Shukurov ham shu sababli maydonga tushgani yo‘q. O‘ynay olmasamchi, degan hayajon o‘tdi. O‘ynashim kerak, dedim. Otabek Shukurovning umuman gapirishga holi yo‘q edi. Bitta men emas, 2-3 nafar futbolchilar shamollagan holda o‘ynadik. Baribir yutanmiz degan ishonch bor edi. Yutishimiz ham kerak edi.
- Hozirgi Qatar haqida nima deya olasiz?
- Qatar doim biz uchun qulay raqib bo‘lib kelgan. Qatar O‘zbekistondan doim qo‘rqib o‘ynaydi. Bu terma jamoaga qarshi avval yaxshi o‘ynaganmiz va yutganmiz. Bu safar ham g‘alaba qozonib, keyingi bosqichga chiqamiz.
- Keyingi o‘yingacha terma jamoa sardori sifatida futbolchilarni kayfiyatini ko‘tarish zimmangizda...
- Kiyinish xonasidayoq kayfiyatni ko‘tardik. Xudo xohlasa, hammasi yaxshi. Ravshan Ermatov ham kelib bizning kayfiyatimizni ko‘tarishadi, deb o‘ylayman. Bir tomondan muxlislar ham qo‘llab-quvvatlashmoqda. Hamma biz bilan birga ekanligini his qilyapmiz. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
100 mln so‘mgacha bo‘lgan kreditlar soddalashtirilgan tartibda ajratiladi
Medvedev Rossiya NATO harbiy bazalariga zarba yo‘llashi mumkinligini istisno qilmadi
Germaniya razvedkasi rahbari: “Rossiya yaqin yillarda NATOga hujum qilishi mumkin”
Organizmda qaysi turdagi vitamin yetishmayotganini qanday aniqlash mumkin?
Eron Isroil bilan keng ko‘lamli urushga tayyorligini ma’lum qildi
Gretsiyada minglab odamlar NATOga qarshi namoyish o‘tkazdi
Endi «Doimiy yashash joyiga ro‘yxatga qo‘yish» qulaylashdi (video)
Erdo‘g‘on: “Turkiya G‘azo mojarosi tugamaguncha Falastinni qo‘llab-quvvatlaydi”