248
Davron Fayziyev O‘zbekiston MTJning Qatarga qarshi uchrashuvdagi imkoniyatlarini qanday baholadi?
Kecha Osiyo Kubogida chorak finallar start oldi. Bugun ushbu bosqich doirasida O‘zbekiston milliy terma jamoasi Qatar bilan kuch sinashadi.
Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 20:30da start oladi. O‘yinni taniqli sharhlovchi Davron Fayziyev sharhlab boradi. Bellashuvni "Sport" telekanali jonli efirda namoyish etadi. Davron Fayziyev telegramdagi sahifasida terma jamoamizning imkoniyatlarini yuqori baholadi.
- Bugun terma jamoamiz o‘zining eng yaxshi natijasini takrorlashi mumkin. O‘sha 2011 yilgi chempionat ham Qatarda o‘tgandi. O‘shanda ham mezbonlarni yutgandik, faqat start uchrashuvida. Chorak finalda ham nasib qilsa uddalaymiz! To‘g‘ri, Qatar amaldagi chempion, o‘z uyida, to‘la stadionda o‘ynaydi. Aynan shu faktorlar ularga ko‘proq bosim yuklashi mumkin.
Qolaversa, O‘zbekiston doim Qatar uchun og‘ir raqib bo‘lgan, o‘zaro o‘yinlarda 9 bor g‘alaba qozonganmiz. Tarix va statistikani chetga surib, jamoalar solishtirilgandayam ustunlik bizda, deb o‘ylayman. Bu tarkibimiz katta yutuqlarga kuchi va potensiali yetishi haqida anchadan beri aytib kelaman. Birga ishlaganim uchun o‘ziga bo‘lgan ishonchini ko‘rganman. Bugun ham efir orqali birgamiz. Hammamiz. Sizga o‘yin atmosferasini, yigitlarga esa sizning energiyangizni yetkazishga harakat qilaman. Olg‘a O‘zbekiston!, - dedi Davron Fayziyev. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Organizmda qaysi turdagi vitamin yetishmayotganini qanday aniqlash mumkin?
100 mln so‘mgacha bo‘lgan kreditlar soddalashtirilgan tartibda ajratiladi
Erdo‘g‘on: “Turkiya G‘azo mojarosi tugamaguncha Falastinni qo‘llab-quvvatlaydi”
Germaniya razvedkasi rahbari: “Rossiya yaqin yillarda NATOga hujum qilishi mumkin”
Slovakiya bosh vaziri Putinning taklifini qabul qildi
Eron Isroil bilan keng ko‘lamli urushga tayyorligini ma’lum qildi
Gretsiyada minglab odamlar NATOga qarshi namoyish o‘tkazdi
Endi «Doimiy yashash joyiga ro‘yxatga qo‘yish» qulaylashdi (video)