
Tadbirkor va Toshkentning "Paxtakor" klubi prezidenti Jahongir Ortiqxo‘jayev "Lolazor" podkastida poytaxt klubi boshqaruvi haqida gapirib berdi.
- "Paxtakor"ni avval bir kompaniya boshqarardi, shahar hokimiyatining bosh og‘rig‘i yo‘q edi. U kompaniya jamoani topshirgach, klub hokimiyatga qoldi. Men boshida tushunmadim o‘zi. O‘zim yoshligimda futbolga rosa qiziqqanman, keyinchalik ishlarim ko‘payib ketib, qiziqmay qolganman, – deydi u.
Ortiqxo‘jayev "Paxtakor" juda og‘ir ahvolga tushib qolgani haqida aytdi.
"Oyliklar yo‘q, Shota Arveladze ketadigan vaziyat bo‘ldi. Bir kuni stadionga borib, o‘yinni ko‘rib, o‘sha yerdagi rahbarlar bilan ko‘rishib, gaplashdim. Ular vaziyatni aytishib, "siz klubning prezidentisiz" deb qolishdi. O‘zim klubi prezidenti ekanligimni bilmas ekanman. "Yo‘g‘e" desam, "shunaqa" deb, vaziyatni tushuntirishdi. Keyin oyliklarini o‘tkazib berdik", – dedi tadbirkor.
Jahongir Ortiqxo‘jayev klub hokimiyatga dahmazaligi, pul yetkazib bo‘lmasligini aytdi.
"Undan ko‘ra qiladigan ishlari ko‘p hokimiyatni. Ochig‘i, o‘zim pul o‘tkazgani hijolat bo‘lardim, "Paxtakor"ga falonchi pul o‘tkazdi desa, hijolat bo‘lardim. Ishxonamdagilarga iltimos qilardim, "yordam beringlar", "pul o‘tkazinglar" deb. Keyin bilsam ular olayotgan oyligidan soliq to‘lamas ekan, so‘ng oyliklarini ochiqlashlarini aytdim. Ochiqlagandan so‘ng hamma joyda shov shuv bo‘lib ketdi. Jamoani tashlab ketmaysizda, shu bois o‘tgan yili ham davom ettirdim", – deydi tadbirkor. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar