
O‘zbekiston terma jamoasi va yaqinda Qarshining "Nasaf" klubi a’zosiga aylangan Bobir Abdixoliqov "Ordabasi" jamoasi va muxlislari bilan xayrlashdi.
"Qadrli "Ordabasi" muxlislari! 2023 yilda klubning bir bo‘lagi bo‘lganimdan faxrlanaman. Sizlarning qo‘llab-quvvatlashingiz sabab "Ordabasi" ilk bor Qozog‘iston chempioniga aylandi. Albatta, bu chempionlikda siz muxlislarning hissangiz katta. Faoliyatimni jonajon "Nasaf"da davom ettirishga qaror qildim.
Shuni unutmangki, men hech qachon "Ordabasi"ni, Chimkent shahri va siz aziz muxlislarni unutmayman. Doim sizlarning muxlisingiz bo‘lib qolaman. Hurmat bilan Bobir Abdixoliqov", - deb yozdi Abdixoliqov o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.
Eslatib o‘tamiz, 26 yoshli hujumchi Qozog‘iston klubi bilan mamlakat chempioniga aylandi va kubok finaliga qadar yetib bordi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar