Hojimat Erkinov "Al-Vahda" tarkibida debyut o‘yinida maydonga tushdi

Hojimat Erkinov "Al-Vahda" tarkibida debyut o‘yinida maydonga tushdi
Yaqindagina Hojimat Erkinovni o‘z tarkibiga qo‘shib olgan "Al-Vahda" BAA kubogi doirasida "Al-Vasl"ga o‘ynab, 2:1 hisobida mag‘lubiyatga uchradi.

Dastlab, Buftini hisobni ochgan bo‘lsa, Lima 30-daqiqada farqni ikkitaga oshirib qo‘ydi. 66-daqiqada esa Nurolahi javob qaytardi. Erkinov ikkinchi taym boshida zaxiradan maydonga tushirildi. Vinger bir bo‘lim ichida 24 marta to‘pga teginib, 12 marta sheriklariga pas berdi. Shuningdek, 1 ta muvaffaqiyatli dribling ham ishlatdi.

Ushbu mag‘lubiyatdan keyin "Al-Vahda" BAA kubogidagi yurishini yarim finaldan to‘xtatdi.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar