OCHL pley-off uchrashuvidan o‘rin olgan "Nasaf" - "Al Ayn" (0:0) uchrashuvidan so‘ng mehmonlar bosh murabbiyi Ernan Krespo matbuot anjumanida qatnashdi.
– Janob murabbiy, uchrashuv haqidagi fikrlaringiz qanday?
– Juda qiyin o‘yin. Ko‘prog‘iga loyiq edik. Ko‘proq vaziyatlar yaratishimiz mumkin edi. Aytganimdek, ikkala jamoa uchun ham qiyin o‘tgan bahsda biz durangga imzo chekdik.
– Murabbiy o‘yin natijasidan qoniqdimi?
– Bir tomondan qaraganda bu normal holatdek tuyulishi mumkin. Biroq, shuncha qulay vaziyatlar yaratib, darvoza ustunini nishonga olib va o‘yin oxiridagi vaziyatdan foydalana olmay, uyga durang bilan qaytish biroz alam qiladi. Lekin safar o‘yinida, "Nasaf"ga o‘xshagan kuchli raqibga qarshi mag‘lub bo‘lmaslik unchalik ham yomon natija emas, aslida.
– Osiyoning klublar reytingida "Al Ayn" 19-o‘rinda, "Nasaf" esa 46-pog‘onada qayd etilgan. Jamoangiz reytingdagi katta ustunlikni bugun maydonda qanchalik ko‘rsata oldi deb o‘ylaysiz?
– Reyting haqida gapirish g‘alati, chunki bu futbol. Bu haqida nimadir deya olmayman. Bugungi o‘yindan qoniqdim, lekin ko‘prog‘iga qodir edik. Asosiy maqsadimiz uyda bo‘ladigan uchrashuvda g‘alaba qozonish. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Bosh kiyimsiz yurishning organizmga qanday ta’siri bor?
Slovakiya bosh vaziri Putinning taklifini qabul qildi
Organizmda qaysi turdagi vitamin yetishmayotganini qanday aniqlash mumkin?
Medvedev Rossiya NATO harbiy bazalariga zarba yo‘llashi mumkinligini istisno qilmadi
Erdo‘g‘on: “Turkiya G‘azo mojarosi tugamaguncha Falastinni qo‘llab-quvvatlaydi”
Endi «Doimiy yashash joyiga ro‘yxatga qo‘yish» qulaylashdi (video)
Gretsiyada minglab odamlar NATOga qarshi namoyish o‘tkazdi
O‘zbekistonda onkologik kasallikka chalingan ayollar bepul davolanadi