OCHL 1/8 finali javob uchrashuvidan o‘rin olgan "Al Ittihod" — "Navbahor" uchrashuvidan oldin mezbonlar bosh murabbiyi Marselo Galyardo va futbolchi Abdulrazzoq Hamdallah matbuot anjumanida ishtirok etdi.
"Hammamiz ertangi o‘yinni besabrlik bilan kutyapmiz. Hozircha boshlang‘ich tarkibni aniqlaganimiz yo‘q, bugungi mashg‘ulotlardan so‘ng besh nafar xorijlik futbolchi nomini aniqlaymiz.
Ertangi o‘yin xuddi birinchi o‘yindagidek ssenariy bo‘yicha o‘tadi va biz uchrashuv boshidan o‘z nazoratimizni o‘rnatishga harakat qilamiz. Biz ijodkorlik va hujumkor qarorlardan tashqari tezlik va tezkor uzatmalarga tayanamiz.
Biz hujumlar tashkillashtirishimiz, uchrashuv davomida mutlaq ustunlikka erishishimiz kerak va erta gol urishga intilamiz. Jamoamiz hamisha muxlislarning qo‘llab-quvvatlashiga muhtoj.
Ertaga kuchli jamoaga qarshi qiyin o‘yin bo‘lishi tabiiy va biz g‘alaba uchun kurashamiz. Oxirgi o‘yindagi durang va bo‘lajak bellashuvga jarohatlarsiz yetib kelishimiz yaxshi holat sanaladi", — dedi argentinalik mutaxassis.
Eslatib o‘tamiz, "Al Ittihod" — "Navbahor" uchrashuvi 22 fevral kuni Toshkent vaqti bilan soat 21:00 da boshlanadi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Erdo‘g‘on: “Turkiya G‘azo mojarosi tugamaguncha Falastinni qo‘llab-quvvatlaydi”
Slovakiya bosh vaziri Putinning taklifini qabul qildi
Organizmda qaysi turdagi vitamin yetishmayotganini qanday aniqlash mumkin?
Medvedev Rossiya NATO harbiy bazalariga zarba yo‘llashi mumkinligini istisno qilmadi
Gretsiyada minglab odamlar NATOga qarshi namoyish o‘tkazdi
Endi «Doimiy yashash joyiga ro‘yxatga qo‘yish» qulaylashdi (video)
O‘zbekistonda onkologik kasallikka chalingan ayollar bepul davolanadi
Bosh kiyimsiz yurishning organizmga qanday ta’siri bor?