date
views 154

Marselo Galyardo: "Dastlab og‘riqli gol o‘tkazib yubordik, ammo muvozanatni o‘nglay oldik"

Marselo Galyardo: "Dastlab og‘riqli gol o‘tkazib yubordik, ammo muvozanatni o‘nglay oldik"
Osiyo Chempionlar ligasi 1/8 finalidan o‘rin olgan "Al Ittihod" — "Navbahor" (2:1) uchrashuvidan so‘ng mezbonlar bosh murabbiyi Marselo Galyardo matbuot anjumanida ishtirok etdi.

"Hozir faqat g‘alabadan zavq olishimiz kerak, keyin esa "Al Vahda"ga qarshi o‘yin haqida o‘ylaymiz. Chorak final haqida o‘ylashga hali erta.

Biz ko‘p vaziyat yaratdik, lekin golga aylantira olmadik. Meni quvontiradigan jihat jamoaning birdamligi va maqsadga erishish qobiliyati bo‘ldi.

Benzema va Hamdallah birgalikda ajoyib juftlik hosil qildi va yaxshi o‘yin namoyish etishdi.

Dastlab og‘riqli gol o‘tkazib yubordik, ammo muvozanatni o‘nglay oldik. Jamoa xarakter ko‘rsata oldi
", — dedi argentinalik mutaxassis.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Marselo Galyardo: "Dastlab og‘riqli gol o‘tkazib yubordik, ammo muvozanatni o‘nglay oldik"