
Yangi mavsum startiga sanoqli kunlar qoldi. Liga uni ko‘tarinki kayfiyatda boshlash uchun tayyorgarlik ishlarini davom ettirmoqda.
Milliy chempionatni yangi bosqichga olib chiqish, uni turli jabhalarda rivojlantirish masalasiga katta e’tibor qaratilayotgani sir emas. Liga so‘nggi uch mavsumda intro, roliklar va qator shu kabi masalalarga jiddiy yondashishga harakat qilmoqda. Jumladan, Superliganing 2022 hamda 2023 yilgi mavsumlari uchun tayyorlangan intro roliklar jamoatchilik tomonidan iliq qarshi olindi. Qator nufuzli xorijiy nashrlar ham O‘zbekiston Superligasi introlariga to‘xtalib o‘tdi.
Endilikda 2024 yilgi mavsum introsi ham tayyor bo‘ldi. Liga qatorasiga uchinchi yil ham Tasnif Group kompyuter grafikasi agentligi bilan hamkorlikda ishladi. Kelishuvning ilk bosqichida, ya’ni, 2022-yilgi mavsumda asosan jamoalar ramzlariga e’tibor qaratilgan bo‘lsa, 2023 yilga kelib klublarning O‘zbekiston xaritasi bo‘ylab joylashuvi asosiy mavzuga chiqarilgandi. 2024 yildan boshlab Superliga sportchilarining feyslari ham introdan joy ola boshladi.
Yangi MavsumSuperliga 2024Liga TayyorlashRamzlar E’tiboriKompyuter GrafikasiSportchilar Feyslari O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar