
O‘zbekiston milliy terma jamoasi futbolchisi Abbosbek Fayzullayev Qatarda o‘tgan Osiyo kubogida muxlis va mutaxassislar e’tiborini qozona oldi. Uning ajoyib harakatlaridan ilhomlangan OFK rasmiy sahifasi Fayzullayevga atab maxsus post joyladi.
Unda quyidagicha izoh yozilgan: "Abbos - o‘zbek futbolining kelajagimi?"
Ma’lumot o‘rnida, O‘zbekiston terma jamoasi turnirdagi ishtirokini chorak finalda yakunladi. Jamoamiz chempion Qatarga penaltilar seriyasida imkoniyatni boy berib qo‘ydi. Abbos esa mazkur turnirda o‘z hisobiga 2 ta gol yozdirib qo‘yishga muvaffaq bo‘ldi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar