“Manchester Siti” bosh murabbiyi Xosep Gvardiola murabbiylik faoliyatini yakunlashdan oldin xalqaro miqyosda ishlab, biror terma jamoani boshqarish niyati borligini yashirmadi.
Gvardiolaning “shaharliklar” bilan tuzgan shartnomasi 2025 yilning yozigacha davom etadi va tomonlar o‘zaro kelishgan holda uni yana bir necha yilga uzaytirishi mumkin.
Biroq ispaniyalik mutaxassis “Barselona”, “Bavariya” va “Manchester Siti”dagi faoliyati davomida klublar miqyosidagi barcha musobaqalarda bosh sovrinni qo‘lga kiritib bo‘lgan.
Gvardiola murabbiy sifatida jahon va qit’a chempionatlarida ham g‘olib chiqishni rejalashtirmoqda.
- Faoliyatim davomida men erishmagan nima qoldi? Terma jamoalar bilan ishlash qoldi. Men biror terma jamoani jahon yoki qit’a chempionatida o‘ynatmoqchiman. Qaysi terma jamoani boshqarishni istayman? Men qaysi mamlakat men bilan ishlashni xohlashini bilmayman. Terma jamoada ishlashim uchun ular men bilan ishlashga rozi bo‘lishi kerak.
Bu holat qachon yuz berishi ham noma’lum. Balki besh yildan keyin yoki 10-15 yilda bo‘lar. Lekin men jahon chempionatida bosh murabbiy sifatida ishlamoqchiman, - dedi Xosep Gvardiola. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Gretsiyada minglab odamlar NATOga qarshi namoyish o‘tkazdi
Slovakiya bosh vaziri Putinning taklifini qabul qildi
O‘zbekistonda onkologik kasallikka chalingan ayollar bepul davolanadi
Medvedev Rossiya NATO harbiy bazalariga zarba yo‘llashi mumkinligini istisno qilmadi
Bosh kiyimsiz yurishning organizmga qanday ta’siri bor?
Organizmda qaysi turdagi vitamin yetishmayotganini qanday aniqlash mumkin?
Erdo‘g‘on: “Turkiya G‘azo mojarosi tugamaguncha Falastinni qo‘llab-quvvatlaydi”
Endi «Doimiy yashash joyiga ro‘yxatga qo‘yish» qulaylashdi (video)