16:55 / 28.02.2024
379

Abbosbek Fayzullayevga yuqori baho berildi

Abbosbek Fayzullayevga yuqori baho berildi
Abbosbek Fayzullayev qisqa fursat ichida O‘zbekistonning eng mashhur futbolchisiga aylanib qoldi. “Paxtakor” tarbiyalanuvchisi SSKAdagi o‘yinlari bilan butun Rossiya futbol jamoatchiligini e’tiborini qozongan bo‘lsa, Qatar mezbonligidagi Osiyo kubogida xalqaro miqyosda e’tirofga sazovor bo‘ldi.

Hozir Fayzullayev qit’aning eng iqtidorli o‘yinchilaridan biri va o‘zbek futbolining kelajagi sifatida tilga olinmoqda.

O‘zbek futbolida chuqur iz qoldirgan O‘zbekiston milliy terma jamoasining sobiq sardori Server Jeparov www.euro-football.ru saytiga bergan qisqa intervyusida 20 yoshli hujumkor futbolchimizga yuqori baho berdi.

- Abbosbek Fayzullayev Osiyo kubogining eng yaxshi yosh futbolchisi sifatida tan olinganidan xursandman. Bu uning mehnatiga yarasha baho bo‘ldi.

- Nima deb o‘ylaysiz, Abbos yozda SSKAda qolgani ma’qulmi yoki Rossiya Premer-ligasidan ketishi kerakmi, uning o‘sishi uchun qaysi variant foydaliroq?

- Xorijga ketish haqida gapirganda, birinchi navbatda qaysi mamlakatga va qanday klubga borishga e’tibor qaratish va hamma narsani tahlil qilib ko‘rish kerak. SSKAda qolgan yaxshimi yoki ketish foydalimi, buni bilib olish shart.

Faoliyatini davom ettirmoqchi bo‘layotgan bo‘lajak jamoaning o‘yin uslubi juda muhim omil, buni albatta inobatga olish kerak va ma’qul kelmaydigan joyga bormaslik lozim
.

Ta’kidlash joizki, Server Jeparov o‘zbek futbolining eng kuchli o‘yinchilaridan bo‘lgan. Professional faoliyati davomida turli yillarda yurtimizda “Navbahor”, “Paxtakor”, “Bunyodkor”, “Lokomotiv”, “Metallurg” jamoalarida to‘p tepgan.

Legioner sifatida Janubiy Koreyaning “Seul”, “Sonnam”, “Ulsan Xyonde”, Saudiya Arabistonining “Ash-Shabab”, Eronning “Istiqlol” va “Sepaxon”, Qozog‘istonning “Jetisu” jamoalari sharafini himoya qilgan.

Klublar miqyosida to‘qqiz karra O‘zbekiston, bir martadan Janubiy Koreya va Saudiya Arabistoni chempioni, MDH chempionlari kubogi sohibi bo‘lgan.

Server Jeparov 2008 va 2011 yillar davomida Osiyoning eng yaxshi futbolchisi, deb e’tirof etilgan.

Jeparov O‘zbekiston milliy terma jamoasida 2002-2017 yillar davomida faoliyat yuritib, jami 128 ta uchrashuvda o‘z hisobiga 25 ta gol va beshta assist yozdirib qo‘ygan.

Abbosbek Fayzullayev O‘zbekiston milliy terma jamoasining yangi avlod futbolchilaridan. Iste’dodli o‘yinchimiz legioner sifatida SSKA sharafini himoya qilmoqda va hozircha, barcha turnirlarda “armiyachilar” uchun 18 ta uchrashuv o‘tkazib, ikkita gol va to‘qqizta assist muallifi bo‘ldi.

Abbosbek Fayzullayev milliy terma jamoa safida 13 marotaba maydonga tushib, raqiblar darvozasini 4 marotaba nishonga olgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Abbosbek Fayzullayevga yuqori baho berildi