O‘zbekistonlik futbol ishqibozlari yana “Kalyari” o‘yinlarini diqqat bilan kuzatib boradi. Sababi, uch oylik tanaffusdan keyin Eldor Shomurodov yana maydonga qaytdi va hozircha ko‘ngildagidek ketmayotgan faoliyatida burilish yasash niyatida.
Sardiniyaliklarni oldinda jiddiy o‘yin kutib turibdi. A Seriyadagi joyini saqlab qolish uchun kurashayotgan “Kalyari” safar uchrashuvida to‘g‘ridan to‘g‘ri raqibi “Empoli” bilan kuch sinashadi.
“Kalyari” bosh murabbiy Klaudio Raneri bo‘lajak uchrashuvga bag‘ishlangan matbuot anjumanida jurnalistlarga o‘z fikr-mulohazalarini bildirib o‘tdi. Tajribali murabbiy umumiy guruh mashg‘ulotlarida faol qatnashgan Eldor Shomurodov haqida ham gapirdi.
Ayni paytda Raneri oldida hujum chizig‘ida qaysi futbolchini o‘ynatish masalasini hal qilish vazifasi turibdi. Zitoy Luvumbo jarohatidan qutilgani yo‘q. So‘nggi uchrashuvda Leonardo Pavoletti jarohat olib, kamida ikki oyga safdan chiqdi.
Yana bir tajribali forvard Andrea Petanya o‘ng oyoq mushaklarini shikastlab olgan va tibbiy tekshiruvlar u kamida uch hafta jamoaga yordam bera olmasligini ko‘rsatdi.
Yuzaga kelgan vaziyat tufayli Kluadio Raneri matbuot anjumanini aynan hujum chizig‘idagi holat haqida ma’lumot berish bilan boshladi.
Shomurodov haqida
Jarohat olgan Pavoletti yoniga endi Petanya ham qo‘shildi. Biz jismonan kuchli forvardlarni yo‘qotdik.
Ikkinchi tomondan Eldor Shomurodov safga qaytgani yaxshi bo‘ldi. Uning yordamida jamoa tezligini oshirish imkoni paydo bo‘ldi. Albatta, men bosh murabbiy sifatida tanlash imkoniyatiga ega bo‘lishni istardim. Menga hamma har doim safda bo‘lgani ma’qul.
Kurash haqida
Biz muhim oyga qadam qo‘ydik. Martdagi o‘yinlar kelajagimizni aniqlashtirib beradi. Shu bois, bor diqqatimizni jamlashimiz talab etiladi. Raqib jamoa so‘nggi oltita uchrashuvda 12 ochko jamg‘ardi, bu bilan bosh murabbiy Davide Nikolani tabriklayman, u ajoyib jamoa tuza oldi. Biz bo‘lajak bahsda qat’iyat ko‘rsatishimiz kerak.
Tarkib haqida
Tarkib tanlashda men o‘z fikrimga ko‘ra, oldindagi o‘yinda foyda keltira oladi, deb hisoblagan o‘yinchilarimni maydonga tushiraman. Biz har bir futbolchi uchun to‘g‘ri qaror qabul qilamiz. Qat’iyat ko‘rsata olsakgina, yuqori diviziondagi joyimizni saqlab qolamiz. Xato qilmasligimiz kerak.
O‘yin sxemasi haqida
Menda aniq amal qilinadigan muayyan taktik sxema yo‘q. Yigitlar butun jamoa bo‘lib, bir necha taktik sxemalarda o‘ynay oladi. “Empoli”da ham xuddi shunday, ular ham taktikasini ko‘p o‘zgartiradi. Hozir hech kim aniq bir modulga yopishib qolgan emas, o‘zgarishlar ko‘p bo‘ladi.
“Empoli” hamda “Kalyari” o‘rtasidagi uchrashuv 3 mart kuni Toshkent vaqti bilan 19:00 da boshlanadi. Eldor Shomurodov aynan mana shu bahsda maydonga tushishi kutilyapti. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Slovakiya bosh vaziri Putinning taklifini qabul qildi
Medvedev Rossiya NATO harbiy bazalariga zarba yo‘llashi mumkinligini istisno qilmadi
Organizmda qaysi turdagi vitamin yetishmayotganini qanday aniqlash mumkin?
O‘zbekistonda onkologik kasallikka chalingan ayollar bepul davolanadi
Gretsiyada minglab odamlar NATOga qarshi namoyish o‘tkazdi
Endi «Doimiy yashash joyiga ro‘yxatga qo‘yish» qulaylashdi (video)
Erdo‘g‘on: “Turkiya G‘azo mojarosi tugamaguncha Falastinni qo‘llab-quvvatlaydi”
Bosh kiyimsiz yurishning organizmga qanday ta’siri bor?