
Rossiya premer-ligasi 19-turidan o‘rin olgan "Krasnodar" - "Rubin" bahsi o‘z yakuniga yetdi. Uchrashuv 1:1 hisobidagi durang bilan tugadi.
Dastlab, 36-daqiqada Olusegun hisobni ochgan bo‘lsa, 90-daqiqada O‘zbekiston terma jamoasi himoyachisi Rustamjon Ashurmatov oradagi hisobni tenglashtrirdi.
Shu tariqa, RPL turnir jadvalini boshqarib kelayotgan "Krasnodar" o‘z maydonida ochko yo‘qotdi, qozonliklar esa 29 ochko bilan 6-pog‘onada bormoqda.
"Krasnodar" – "Rubin" 1:1
Gollar: 1:0 – 36 Olusegun, 1:1 – 90 Ashurmatov.
"Krasnodar": Safonov, Petrov (Volkov, 14), Alonso, Tormena, Olasa, Kadi (Krivsov, 72), Pina, Spersyan, Joao Viktor, Olusegun, Kobnan Devid (Banyas, 72).
"Rubin": Dyupin, Vuyachich, Ashurmatov, Gritsayenko, Vada, Lomovitskiy, Shabanxajay (Ranjelovich, 73), Zotov, Yochich, Bezrukov, Daku.
Ogohlantirish: Spersyan (66), Joao Viktor (85), Alonso (90). “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar