
4 mart kuni "Paxtakor" jamoasi “Surxon” mehmoni bo‘ladi. Bugun Qibraydagi "sherlar" qarorgohiga “Paxtakor” futbol klubi raisi Jahongir Ortiqxo‘jayev tashrif buyurib, futbolchilar bilan mavsum oldidan suhbatlashdi.
“Bugun “Paxtakor” yangilandi. Sizlarni ko‘rib ko‘zim quvnayapti. 5-6 nafaringizni inobatga olmasa, barchangiz yoshsiz. Bunday imkoniyat har doim ham bo‘lmaydi.
Futbolchining sportdagi hayoti qisqa. 2 yil qattiq mehnat qiling, pul sizni o‘zi quvsin. Men sizlar bilan hali katta loyihalarga qo‘l uraman.
Endi klubning asosiy strategiyasi yoshlarni Yevropaga shu yerning o‘zidan sotish bo‘ladi. Bu esa terma jamoamiz uchun ham foyda. Hech qachon maydonda o‘zingizni xafa qildirmang”, - deydi rahbarimiz. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar