AQSHning Nyu-York shtatida O‘zbekiston vaqti bilan 3 mart, yakshanba tongida katta professional boks turniri o‘tkazildi.
Ushbu boks kechasi doirasida yarim yengil vazn toifasida o‘zbekistonlik bokschi Otabek Xolmatov WBA chempionlik kamari uchun Raymond Fordga qarshi jang qildi. 12 raundga mo‘ljallangan jangning so‘nggi raundiga 7 soniya vaqt qolganda jang to‘xtatildi.
Jangning dastlabki raundlarda Otabek Xolmatov ustunlikni qo‘liga olib, yaxshi harakat qilgan bo‘lsa-da, ikkinchi qismda sustlashdi. Amerikalik bokschi ochiq jangni taklif qilgach, hamyurtimiz himoyalanishga qiynaldi va ko‘plab zarbalarni qabul qilib oldi.
12-raundda muvozanatni yo‘qotgach, hakam texnik nokautni qayd etdi.
Qayd etib o‘tish joiz, 11-raundga qadar jang hakamlari Otabek foydasiga 106:103, 104:105 va 106:103 hisoblarini qayd etgan. So‘nggi raundda esa hisob 9:10 bo‘lgan va umumiy ochkolar evaziga g‘alaba qozonishi mumkin edi.
Shu tariqa Otabek faoliyatidagi birinchi mag‘lubiyatni tan oldi. Raymond Ford esa yarim yengil vazn toifasining WBA kamarini qo‘lga kiritdi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Gretsiyada minglab odamlar NATOga qarshi namoyish o‘tkazdi
Slovakiya bosh vaziri Putinning taklifini qabul qildi
Endi «Doimiy yashash joyiga ro‘yxatga qo‘yish» qulaylashdi (video)
Medvedev Rossiya NATO harbiy bazalariga zarba yo‘llashi mumkinligini istisno qilmadi
O‘zbekistonda onkologik kasallikka chalingan ayollar bepul davolanadi
Organizmda qaysi turdagi vitamin yetishmayotganini qanday aniqlash mumkin?
Erdo‘g‘on: “Turkiya G‘azo mojarosi tugamaguncha Falastinni qo‘llab-quvvatlaydi”
Bosh kiyimsiz yurishning organizmga qanday ta’siri bor?