00:17 / 05.03.2024
340

Maksim Shatskix: "Ular ketishni xohlashdi"

Maksim Shatskix: "Ular ketishni xohlashdi"
Superliga 1-turidan o‘rin olgan "Surxon" - "Paxtakor" uchrashuvi bo‘lib o‘tdi va unda amaldagi shempionlar 3:0 hisobida g‘alaba qozondi. Uchrashuvdan so‘ng sherlar" ustozi Maksim Shatskix matbuot anjumanida qatnashdi.

"Bugun yigitlar ko‘rsatmalarni o‘yin davomida bajarishdi. Tayyorgarlik jarayonida ishlanmalarga amal qilishdi. Bu birinchi o‘yin, 3 kundan keyin bizni navbatdagi bellashuv kutmoqda.

Murabbiy tarkibdan qoniqish hosil qilmaydi, hamisha kamchilik topiladi. Rahbariyat oldimizga iqtidorli yoshlar bilan yaxshi ishlash vazifasini qo‘ygan. Shuni bajarish uchun intilamiz. Barcha terma jamoalarda futbolchilarimiz ko‘p. Yoshlarni asta-sekinlik bilan tarbiyalab boramiz, imkoniyat beramiz. Yetakchilar o‘rnini birdaniga to‘ldirib bo‘lmaydi. Ular ketishni xohlashdi, endi yoshlar darajasini o‘stirishga urinamiz.

Bizda chempionlik ruhiyati bor - jamoada, stadionda, klubda. Lekin yoshlar dastlab "Paxtakor"ga moslashib, buni tushunib olishlari kerak
".

Eslatib o‘tamiz, keyingi turda "Paxtakor" o‘z uyida "Nasaf"ni qabul qiladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Maksim Shatskix: "Ular ketishni xohlashdi"