08:00 / 07.03.2024
126

«Real» YECHL 1/8 finaliga chiqdi, “Manchester Siti” javob o‘yinida ham g‘alaba qozondi

«Real» YECHL 1/8 finaliga chiqdi, “Manchester Siti” javob o‘yinida ham g‘alaba qozondi
Futbol bo‘yicha Yevropa Chempionlar Ligasining nimchorak finalidan o‘rin olgan ikki o‘yin 6 mart, chorshanba kuni bo‘lib o‘tdi.

“Real” javob o‘yinida “Leypsig”ga qarshi bahs olib bordi. Birinchi bo‘limda darvozalar daxlsizligi saqlanib qoldi. Ikkinchi bo‘limda esa madridliklar hisobni ochdi. 65-daqiqada Bellinghemning uzatmasini Vinisius Junior golga aylantirdi. Oradan 3 daqiqa o‘tib, Villi Orban hisobni tenglashtirishga muvaffaq bo‘ldi. Qolgan daqiqalarda darvozalar ishg‘ol etilmadi va ikki o‘yin natijasiga ko‘ra Karlo Anchelotti shogirdlari keyingi bosqichga yo‘l oldi.

Germaniyada bo‘lib o‘tgan o‘yinda “qaymoqranglilar” 1:0 hisobida zafar quchgandi.

“Manchester Siti” “Kopengagen”ni qabul qildi va 3:1 hisobida g‘alaba qozondi. “Shaharliklar” safida Manuel Akanji, Xulian Alvares hamda Erling Holand gol mualliflariga aylangan bo‘lsa, Daniya jamoasi tarkibida Elyunussi o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘ydi.

Jamoalar o‘rtasidagi dastlabki o‘yinda ham Pep Gvardiola shogirdlarining qo‘li baland kelgandi. Daniyada bo‘lib o‘tgan o‘yinda ham 3:1 hisobi qayd etilgan.

YECHL. 1/8 final.
Javob bahslari

Real — Leypsig 1:1
Gollar
: Vinisius (65) — Orban (68).
Real – Lunin, Karvaxal, Nacho, Ryudiger, Mendi, Kroos (Modrich, 78), Chuameni, Kamavinga (Rodrigo, 46), Valverde, Bellinghem (Xoselu, 85), Vinisius.
Leypsig – Gulachi, Henriks, Orban, Lukeba, Raum, Shlager (Elmaz, 85), Olmo, Aydara (Kampl, 90), Simons, Openda (Poulsen, 77), Sheshko (Baumgartner, 85).
Ogohlantirishlar: Shlager (20), Raum (50), Vinisius (54), Orban (71), Chuameni (73), Kroos (75).
Birinchi o‘yin — 1:0.

Manchester Siti — Kopenhagen 3:1
Gollar
: Akanji (5), Alvares (9), Holand (45+3) — Elyunussi (29).
Manchester Siti – Ederson, Lyuis, Diash (Stounz, 68), Akanji, Gvardiol, Kovachich, Rodri (Gomes, 46), Nunesh (Hemilton, 74), Bobb, Holand (Rayt, 88), Alvares.
Kopenhagen – Grabara, Ankersen, Vavro, Makkenna, Diks, Yelert (Meling, 78), Elyunussi, Ashuri (Bardakchi, 58), Klem (Hoylund, 69), Froholdt (Mattsson, 58), Ouskarsson (Kornelius, 69).
Ogohlantirishlar: Kornelius (84), Matsson (90).
Birinchi o‘yin — 3:1.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » «Real» YECHL 1/8 finaliga chiqdi, “Manchester Siti” javob o‘yinida ham g‘alaba qozondi