O‘zbekiston futbol federasiyasida 2014 yil yakunlari bo‘yicha bir nechta nominasiyalar bo‘yicha yilning eng yaxshilarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
O‘FF prezidenti Mirabror Usmonov marosimda nutq so‘zladi.
"Assalomu alaykum, 2014 yil yakunlari va 2015 yil vazifalarini haqida suhbatlashib olish uchun yig‘ildik. Menga katta hisobotni taqdim etishgan. Ularning barchasiga to‘xtalib o‘tirmayman. Xursandchilik bilan aytib o‘tishim kerak, avval ham aytganman, O‘zbekiston futboli rivoji va poydevori uchun 8-10 yil kerakligi haqida gapirib yurardim.
Ana endi natijalar talab etiladigan vaqt kelib. Men davlatimiz va hukumatimiz rahbariyati alohida minnatdorchilik bildiraman. Yurtimizda 12ta stadion, 12 ta futbol maktabi va 4 ta akademiyada qurib, ishga tushirildi.
Deyarli har bir mahallada mini-futbol maydonlari qurilib, yoshlarimiz sport bilan shug‘ullanib, boshqa ishlar bilan shug‘ullanmasdan, sport bilan mashg‘ul bo‘lishmoqda. Xabaringiz bor, mustaqillik davrida xalqimizning umr ko‘rish davomiyligi 5 yilga oshdi. Bu ham xalqimizning yutuqlaridan biri.
Yurtimiz futboli katta ishlarni amalga oshirib, OFK va FIFA oldida yaxshi obro‘ga ega bo‘ldi.
Shuningdek, viloyatlardagi futbol federasiyalarga minnatdorchilik bildiraman. Ularning ish faoliyatini yanada yaxshilash kerak.
OFK ham yutuqlarimizni tan olib, Chempionlar ligasining ushbu mavsumida 4ta klubimiz ishtirok etishmoqda. O‘zbek futbolining obro‘sini mana shu 4ta klubimiz himoya qilishi kerak. Barcha jamoalarimizda keyingi bosqichga chiqish imkoniyatiga ega. Mana shu 4ta klubimiz rahbarlari futbolchilarga e’tibor berib, yoshlarning o‘sishini ta’minlash lozim.
OFK va FIFA bilan maslahatlashgan holda, yangi tashkil etilgan Markaziy Osiyo futbol federasiyasining bosh qarorgohi Toshkentda bo‘ladigan bo‘ldi. Biz endi mintaqadagi 6ta davlatda futbolning rivojiga mas’ul bo‘ladi
30 aprel kuni OFKning Kongressi bo‘lib o‘tadi. Sardor Rahmatullaev OFK Ijroqo‘m a’zoligiga nafaqat O‘zbekistonnning balki, Markaziy Osiyo vakili sifatida o‘z nomzodini qo‘ydi. Endi OFKning muhim qarorlarini qabul qilishda O‘zbekiston vakili ham ishtirok etishadi.
Oliy liganing 2014 yilida 4ta jamoamiz kurash olib bordi. O‘ylaymanki, 2015 yilda chempionlik uchun 5ta klub kurash olib boradi. Biz shunga etib keldik.
O‘zbekistonda kelishilgan o‘yinlarni yo‘q qilishimiz kerak!!! Tan olishimiz kerak, kelishilgan o‘yinlar Oliy ligada ham, Birinchi ligada ham ro‘y berib turibdi! Buni tegishli joylardan kuzatib turishibdi! Kelishilgan o‘yinlarda ishtirok etgan o‘zbekistonlik futbolchilarning ro‘yxati bor! BU ro‘yxatda klub rahbarlari va murabbiylari ham bor! Ular ham ro‘yxatda bor. Shuni inobatga olib qo‘yinglar, nasib qilsa, men bu yil 2-3 klub murabbiylari va klub prezidentlarini butun umr futboldan chetlataman!
Hozircha ro‘yxatni e’lon qilmayman. Lekin biz kerakli mutaxassislar va yuristlar bilan ish olib boryapmiz. Kerakli choralarni albatta ko‘raman! Bunday ishga yo‘l qo‘ygan hakamlar ham ftuboldan chetlatiladi.
Men jurnalistlarga alohida minnatdorchilik bildiraman. Futbolimiz kamchiliklarini aytib, bizga turtki berib turgani uchun xursandman. Ular bizga turtki berib turmasa, futbolimiz rivojlanmaydi!
Shu yilning 1 aprelidan boshlab "Futbol MED" tashkilotini yopyapmiz. Buning sababi: yangi qurib bitkazilayotgan O‘zbekiston olimpiya qo‘mitasi binosida yangi tibbiyot markazi ochilyapti. U markaz o‘ta zamonaviy tibbiy uskunalar bilan ta’minlanmoqda. Bunday tibbiyot markazi Germaniya, Koreya, Xitoydan keyin to‘rtinchi bo‘lib O‘zbekistonda qurildi. Endi barcha sportchilar mana shu tibbiy markazda ko‘rikdan o‘tkaziladi.
Endi tibbiy markazdagi har qanday analiz natijalarini 10 daqiqada chiqarib beradi. Bunday laboratoriya hali O‘zbekistonda yo‘q. Sportchilarimizga ana shunday sharoitlarni yaratyapmiz.
O‘smirlar va yoshlarimiz haqida gapirsak, 1994-2004 yillar davomida o‘zbek futboli erishgan natijalar: yoshlarimiz 2003 yilda bir marta JChga chiqqan, "Paxtakor" 2002 yilda Osiyoning eng yaxshi klubi deb topilgan", "Neftchi" OChL yarim finaligacha etib borgan. Bo‘ldi shu.
2005 yildan buyog‘iga yutuqlarimiz salmog‘i keskin oshdi. Futbolchilarimiz, murabbiylarimiz va hakamlarimiz ketma-ket qit’aning eng yaxshilari bo‘lishmoqda.
FIFA va XOQning yirik yig‘ilishlarida Blatter va Bax O‘zbekistonni o‘rnak sifatida ko‘rsatmoqda. O‘zbekiston sport rahbarlari hukumat rahbariyati bilan hamkorlikda ishlamoqda. O‘zbekiston rahbariyati mamlakatda sportning rivojiga o‘z hissasini qo‘shmoqda!
2016 yil fevral oyida futzal bo‘yicha Osiyo chempionati O‘zbekistonda o‘tadi. Unda kuchli to‘rtlikka kirgan jamoalar JCh yo‘llanmasini qo‘lga kiritadi!
Milliy olimpiya qo‘mitasining binosini qurib bitkazish uchun 67 milliard so‘m mablag‘ ketdi. Bu o‘z-o‘zidan bo‘layotgani yo‘q. OAV vakillari faqat tanqid qilavermasdan, yutuqlarimizni ham yoritib borishlari kerak. Barcha sharoit va infratuzilmani yaratdik, endi mutaxassislardan natija talab qilamiz!
Nima uchun "Bunyodkor", "Paxtakor" va "NasaF"ning ishlari yaxshi? Chunki, ular o‘z futbol klublari orqali yoshlarga yaxshi e’tibor berishmoqda! Ana endi ularning tarbiyalanuvchilari klubni tortishmoqda. To‘g‘ri, ular 3-4 yil qiynalishdi, endi esa qiyin davrdan chiqib olishdi. Qolgan jamoalar ham o‘z yoshlariga e’tibor qaritishmasa bo‘lmaydi.
Davlatimizda "Keksalarni e’zozlash yili" deb e’lon qilindi. Hozircha birorta klubimizda keksalarni e’zozlash bo‘yicha tadbir o‘tkazilmadi. Barchamiz keksalarimizni e’zozlashimiz kerakport haqida to‘xtaladigan bo‘lsam, biz ham O‘zbekiston fanlar akademiyasi bilan birgalikda O‘zbekistonlik sportchilarning kuchiga kuch qo‘shadigan, ammo dopping kirmaydigan dori-darmonlar yaratish ustid ish boshladik. Braziliyadagi olimpiadada foydalaniladi. Biz Rio-2016da 100dan ortiq sportchi bilan ishtirok etishni rejalashtiryapmiz. Umid qilaman, futbol bo‘yicha O‘zbekiston erkaklar va ayollar olimpiya terma jamoalari tarixda ilk marotaba ishtirok etishadi!"
Manba: stadion.uz “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi