12:50 / 12.03.2024
238

Fevzi Davletov: "Bu qanday sodir bo‘layotganiga o‘zim ham tushunmayapman"

Fevzi Davletov: "Bu qanday sodir bo‘layotganiga o‘zim ham tushunmayapman"
Superliga 2-turi doirasidagi "Qizilqum" — "Surxon" (2:1) uchrashuvidan so‘ng mehmonlar bosh murabbiyi Fevzi Davletov o‘yin haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

Fevzi Davletov: "Ikki xil taymlar guvohiga aylandik. Yigitlarga ishonch yetishmadi. Ikkinchi bo‘limda "Qizilqum" qarshi hujumga tayanib o‘ynadi. Bu vaziyatdan chiqish kerak".

- Mavsum startidan avval kutilmaganda "Surxon"da bosh murabbiy o‘zgardi. Jamoa dastlabki ikki turda ishonchsiz o‘yin ko‘rsatmoqda. Bularning ortida nima turibdi deb o‘ylaysiz?
- Biz shu mavzuda yigitlar bilan suhbatlashib, sabablarini tushunishga harakat qildik. Ikkinchi bo‘limda yomon harakat qilmadik. Psixologiya bo‘lsa kerak deb o‘ylayman.

- Nega Nimeli yo‘q?
- Unda jarohat bor. Yana ba’zi futbolchilar davolanmoqda.

- Ularning jarohati jiddiy emasmi?
- Keyingi o‘yindan avval ularning holatiga baho berib, qaror qabul qilamiz.

- "Surxon" ikkinchi taymni yaxshi boshladi, kiyinish xonasida ularga nimalar dedingiz?
- Yigitlar bilan jiddiy, baland ovozda suhbatlashib oldik.

- Birinchi goldan so‘ng bugungi o‘yinga qilgan rejalaringiz o‘zgarib ketdimi?
- Bugun ijobiy natijaga reja qilib, hujumkor o‘yin ko‘rsatmoqchi edik. Raqibni pressingga taklif qildik, ammo himoyada xatolarga yo‘l qo‘ydik. Hujumkor o‘yinni so‘ragan edim.

- "Surxon" mart oyining o‘zida yana "Navbahor" va "Andijon" bilan o‘ynashi kerak. Jamoa uchun futbol bahori og‘ir boshlandimi?
- Hamma bilan sifatli o‘yin ko‘rsatish kerak.

- "Surxon" Nimeliga juda bog‘lanib qolganmi?
- Muhammad Ali Abdurahmonov "Paxtakor" bilan bahsda faol o‘ynadi. Bugun unga imkon bergandik. Hammasini o‘zingiz ko‘rdingiz.

- Darvozabon ketma-ket ikkinchi tur qo‘pol xatoga yo‘l qo‘yyapti.
- Bu qanday sodir bo‘layotganiga o‘zim ham tushunmayapman.

- "Qizilqum"dan shunday o‘yin kutganmidingiz?
- Albatta. "Bunyodkor"ga qarshi bahsni ko‘rdik, barchasini o‘rgnib chiqdik.

- Futbol muxlislar uchun o‘ynaladi. Uy o‘yinlarini o‘tkazish uchun "Surxon"ga Qarshi shahri yaqinroq edi, nega jamoa Toshkentda o‘ynayapti?
- Biroz kutib turishimiz kerak. Ikkinchi davrada jamoa Termizga qaytadi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Fevzi Davletov: "Bu qanday sodir bo‘layotganiga o‘zim ham tushunmayapman"