
O‘zbekiston milliy terma jamoasi mart oyidagi FIFA kunlarida Jahon chempionati hamda Osiyo kubogi 2-qo‘shma saralash bosqichi doirasida Gonkongga qarshi o‘yinlarda ishtirok etadi.
Bosh murabbiy Srechko Katanes Jahon chempionati hamda Osiyo kubogi 2-qo‘shma saralash bosqichi doirasida bo‘lib o‘tadigan mazkur bellashuvlardan oldingi yig‘in uchun chaqirilgan futbolchilarni aniqlab oldi. Yig‘inga 23 nafar futbolchi jalb etilgan, ulardan 13 nafari legionerlar.
O‘zbekiston MTJ yig‘iniga chaqirilganlar:
Darvozabonlar: O‘tkir Yusupov ("Navbahor"), Botirali Ergashev ("Neftchi"), Abduvohid Ne’matov ("Nasaf")
Himoyachilar: Rustam Ashurmatov ("Rubin", Rossiya), Umar Eshmurodov ("Selangor", Malayziya), Husniddin Aliqulov ("Rizespor", Turkiya), Abdulla Abdullayev ("Xorfakkan", BAA), Abduqodir Husanov ("Lans", Fransiya), Farruh Sayfiyev ("Navbahor"), Akrom Komilov (OKMK), Zafarmurod Abdirahmatov ("Nasaf")
Yarim himoyachilar:Jaloliddin Masharipov ("Istiqlol", Eron), Oston O‘runov ("Persepolis", Eron), Aziz Turg‘unboyev ("Sivasspor", Turkiya), Odiljon Hamrobekov ("Navbahor"), Diyor Xolmatov ("Paxtakor"), Abbosbek Fayzullayev (SSKA, Rossiya), Jamshid Iskanderov ("Navbahor"), Hojimat Erkinov ("Al Vahda", BAA), Otabek Shukurov ("Qayserispor", Turkiya)
Hujumchilar: Eldor Shomurodov ("Kalyari", Italiya), Bobir Abdixoliqov ("Nasaf"), Azizbek Amonov ("Xorfakkan", BAA).

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston terma jamoasi 21 martda Gongkongdagi "Mong Kok" stadionida o‘ynasa, 26 martda "Bunyodkor" stadionida yana bir bor shu terma bilan kuch sinashadi.
O‘zbekiston Milliy Terma JamoasiGonkong Qarshi O‘yinlarFIFA KunlariSrechko KatanesFutbolchilar Ro‘yxatiYig‘in Maqsadi O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing