
FIFA referisi Ravshan Ermatov ketma-ket o‘ninchi marta O‘zbekistonning eng yaxshi futbol hakami deb topildi. Bu haqda O‘FF matbuot xizmati xabar bermoqda.
6 mart, juma kuni O‘FF qarorgohida 2014 yil yakunlariga bag‘ishlangan marosim bo‘lib o‘tdi. Unda bir qator nominasiyalar bo‘yicha 2014 yilning eng yaxshilari nomi e’lon qilindi.
Xususan, FIFA laynsmeni Abduhamidullo Rasulov 2014 yilning eng yaxshi qanot hakami deb topildi.
Ma’lumot uchun, Ravshan Ermatov 2006 yildan beri muntazam ravishda O‘zbekistonning eng yaxshi hakami deb topilmoqda.
Manba: www.kun.uz “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar