Gvardiola tomonidan “haydalgan” 5 nafar yulduzlar

Mashhur murabbiy Pep Gvardiola tomonidan klubdan "haydalgan" yulduzlar bilan zamin.uz blogi tanishtiradi.
5. Deku (Barselona).

Gvardiola “Barselona” ga kelgunga qadar portugaliyalik “Barselona” ning etakchi yarim himoyachisi edi, lekin Pep klubning mahalliy tarbiyalanuvchilari Inesta va Xavilarga joy ajratishga qaror qildi. Gvardiola uchun boshqalarga “o‘rnak” bo‘ladiganlar yo‘q edi, shuning uchun hech qanday shubhaga berilmasdan klub etakchisi bilan xayrlashdi. “Barsa” dan keyin Deku “Chelsi” ga o‘tdi, Angliya chempionatida o‘z omadini sinab ko‘rish uchun. Lekin uning Ispaniya chempionatida ko‘rsatgan mohirona o‘yinlarini angliyalik muxlislar ko‘ra olishgani yo‘q.
4. Ronaldino (Barselona).

Gvardiolaning “Barselona” boshqaruviga kelguniga qadar Ronaldino o‘z mahorati va jonkuyarligi bilan “Oltin to‘p” ni yutishga erishgan edi. Braziliyalik asta-sekin o‘z o‘yinini boy bera boshladi, uning individual texnikasi Gvardiolaning taktikasiga to‘g‘ri kelmadi. Buning ustiga o‘sib kelayotgan Leonel Messi hujum chizig‘ida etakchilikni qo‘lga olishga tayyor edi, Ronaldino esa xotirjamlik bilan Kataloniyani tark etib Milanga ko‘chib o‘tdi.
3. Yaya Ture (Barselona).

Turega Deku va Ronaldinoga qaraganda birmuncha “omad kulib boqdi”, chunki u yosh va kelajagi juda yorqin futbolchi edi. Ture Gvardiola qo‘l ostida ikki mavsum bir qancha pozisiyalarda, shu qatori markaziy himoyada ham to‘p surishga muvaffaq bo‘ldi. Mahalliy tarbiyalanuvchi Serxio Buskets etishib chiqqach Gvardiola Turedan osonlik bilan qutildi, vaholonki u Tureni jamoa etakchisi ekanligi va uni qo‘yib yuborishni xohlamasligi haqida qat’iy fikr bildirgan bo‘lsada. Lekin 35 mln. funt Turedan muhimroq bo‘ldi va 2010 yilda “Manchester Siti” ga sotib yuborildi. Ture birinchi mavsumdayoq jamoa etakchisi bo‘ldi va jamoasi bilan APL g‘olibligini qo‘lga kiritdi. Gvardiolaning “Manchester Siti”ni boshqarishi ma’lum bo‘lgach jamoa muxlislari o‘z etakchilarining taqdiri haqida qayg‘urib qolishdi. Chunki birinchi turdan so‘ng Pep Yaya Turedan yana voz kechishi mumkinligi ayon bo‘ldi.
2. Jo Xart (Manchester Siti).

Nima bo‘lganda ham “Manchester Siti” dan birinchi bo‘lib “quvilish” Turega nasib etmadi, kutilmaganda ushbu “quvilish” Angliya terma jamoasi va “Manchester Siti” ning asosiy darvozaboni Jo Xartni boshiga tushdi. Hech kim voqealar rivoji bunday tus olishini xayoliga ham keltirmagan edi, lekin Gvardiola Xartni zahira o‘rindig‘iga mixladi va “Barselona” ning asosiy darvozaboni Klaudio Bravoni sotib olinishiga erishdi. Gvardiolaning bunday qarori haqida biron narsa deb gapirish qiyin. Yoki Gvardiolaning taktik o‘y-fikri, yoki Xartning xatosi, balki shaxsiy qarashlari mos kelmagandir, nima bo‘lganda ham Xart uchun qaror qabul qilinib bo‘lindi. Endi Xart o‘zi uchun yangi jamoa axtarishiga to‘g‘ri keladi.
1. Zlatan Ibraximovich (Barselona).

Zlatan “Barselona” ga Eto'O ni o‘rnini egallashi uchun keltirilgan edi, lekin juda katta moliyaviy kompensasiya, uning o‘yin uslubi va o‘zini tutishi ispaniyalik murabbiyga to‘g‘ri kelmagan ko‘rinadi. Kataloniyada Zlatan bir mavsum o‘ynadi, shunday so‘ng uning Gvardiola bilan kelishmovchiligi haqidagi gaplar tarqaldi va ijara asosida “Milan” klubiga berib yuborildi. Bundan “Barselona” juda katta mablag‘ yo‘qotdi, lekin Gvardiolaning qarori qat’iy edi. U haqida Zlatan: “Gvardiola – fantastik murabbiy. Lekin inson sifatida u ahmoq. U erkak emas”, - deb gapirgan edi. Zlatan Pepning shaxsiy hatti harakatlaridan va klub tarbiyalanuvchilariga nisbatan yuzaki qarashidan norozi edi. Oxir oqibat Gvardiola Zlatanni “Barselona” dan ketishiga sababchi bo‘ldi, lekin bundan klub juda katta ziyon ko‘rdi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing