Superliga 3-turidan o‘rin olgan "Bunyodkor" - "Navbahor" (2:2) uchrashuvidan so‘ng mezbonlar bosh murabbiyi Anvar G‘ofurov matbuot anjumanida ishtirok etdi.
- O‘yin haqida
- Bugun juda kuchli raqibga qarshi o‘ynadik va qiyin o‘yin o‘tkazdik. Uchrashuvga tayyorgarlik ko‘rish uchun vaqt yetarli emas edi. Imkon qadar tayyorgarlik ko‘rdik. Bugungi uchrashuvda qayd etilgan natija muxlislarga yoqdi deb o‘ylayman. Endi shunday uslubda o‘ynaymiz. Bugungi natija futbolchilarning mehnati. Bugun omad bizga kulib boqdi.
- "Navbahor" kabi juda kuchli jamoaga qarshi tayyorgarlik ko‘rish qanchalik qiyin bo‘ldi?
- O‘yindan oldin bir nechta reja bor edi va biz "A" reja bo‘yicha o‘ynadik. O‘yin yakunlanayotgan vaqtida biz mag‘lub bo‘layotgan edik va biz qanday hisobda mag‘lub bo‘lishimizning farqi yo‘q edi. Qanday hisob qayd etilishidan qat’iy nazar mag‘lubiyat baribir mag‘lubiyat. Biz shu sababli hujumga o‘tishni boshladik. Futbolchilar yaxshi o‘yin namoyish etishdi.
- Bugun jamoangiz dastlabki ochkoni qo‘lga kiritdi. Bugungi o‘yindagi ijobiy natija futbolchilarga qanday ta’sir qiladi. Keyingi uchrashuvlarda qanday jamoani ko‘ramiz?
- 90 daqiqa davomida yaxshi o‘yin namoyish etmagan bo‘lsak ham, natija biz uchun ijobiy bo‘ldi. Raqibimiz juda kuchli edi, tarkib tomonlama ham va murabbiylar tomonlama ham.
- Jamoadagi yangi legionerlarning qismati qanday kechadi?
- Har bir futbolchi jamoaga kerakligini mashg‘ulotlarda va o‘yinlarda isbotlashi kerak. Barcha futbolchilarga imkoniyat beramiz. 25 ta futbolchimiz bor. Bugun esa yangi futbolchilarga imkoniyat berdim va legionerlarga shu o‘yinni davom ettirish kerakligini aytdim. Uslubimizni raqibdan kelib chiqib biroz o‘zgartirishimiz mumkin.
- Dastlabki turlardagi ikkita mag‘lubiyatdan keyingi bugungi durang bu ajoyib natija. Ajoyib natija qayd etdingiz, ammo sizda emotsiyalar ko‘rinmayapti. Bunday natijadan keyin nimalarni his etmoqdasiz?
- O‘zimdan o‘tganini o‘zim bilaman. O‘yindan oldin nimalar bo‘lganini o‘zim bilaman, o‘yin davomida ham ko‘p hissiyotlar bor edi. Emotsiyalar juda ko‘p. Bugungi durang biz to‘g‘ri yo‘lda ekanligimizni ko‘rsatib berdi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda onkologik kasallikka chalingan ayollar bepul davolanadi
Slovakiya bosh vaziri Putinning taklifini qabul qildi
Bosh kiyimsiz yurishning organizmga qanday ta’siri bor?
Medvedev Rossiya NATO harbiy bazalariga zarba yo‘llashi mumkinligini istisno qilmadi
Endi «Doimiy yashash joyiga ro‘yxatga qo‘yish» qulaylashdi (video)
Organizmda qaysi turdagi vitamin yetishmayotganini qanday aniqlash mumkin?
Gretsiyada minglab odamlar NATOga qarshi namoyish o‘tkazdi
Erdo‘g‘on: “Turkiya G‘azo mojarosi tugamaguncha Falastinni qo‘llab-quvvatlaydi”